So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  23 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  21 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

“Andijon-SGS” o'rtoqlik uchrashuvida Daniya klubini mag'lub etdi Yangiliklar

“Andijon-SGS” o'rtoqlik uchrashuvida Daniya klubini mag'lub etdi

Teglar :  Andijon-SGS
Ayni damda Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib borayotgan “Andijon-SGS” jamoasi bugun o'zining ilk nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Rejaga ko'ra, Andijonliklar Daniyaning birinchi divizioni qatnashchisi “Naestved” klubiga qarshi bahs olib bordi. O'yindan avval har ikki jamoa uzoq yillar davomida “Andijon viloyati bolalar va o'smirlar futbol akademiyasi”da haydovchilik qilib kelgan marhum Abdullaev Solijon Sadirovich xotirasi uchun bir daqiqalik sukut saqladi.

Birinchi bo'limda bosh murabbiy SHoxruh Ishanov 2005-yilda tug'ilgan tabriyalanuvchilarimizga ishonch bildirdi. Nisbatan kattaroq bo'lgan “Daniya” jamoasi futbolchilari ustunlikka erishishga intildi. Ammo yoshlarimiz ham bo'sh kelgani yo'q. Jussasi kichik bo'lsada, evropaliklarga qarshi kechgan bahsda maydonning har bir qarich erida jon-jahdi bilan kurashgan yigitlarimiz osonlikcha taslim bo'lishgani yo'q. SHunga qaramay, birinchi bo'lib hisobni ochish daniyaliklarga nasib etdi. Raqib hujumchisi qulay imkoniyatdan unumli, foydalanib to'pni darvozabonning ustidan havolatib darvozaga joylab qo'ydi 0:1.

Uchrashuvning birinchi bo'limida aytarli golga tortadigan vaziyat sodir bo'lmadi. SHu tariqa uchrashuvda hisob boshqa o'zgargani yo'q.

Ikkinchi taymda esa har ikki jamoa murabbiylari tarkibni butunlay yangiladi. Daniyaliklar tarkibida bo'ydor futbolchilar paydo bo'ldi. Ammo shunga qaramay, “Andijon-SGS” futbolchilari hujumga zo'r berdi. Natijada yaqinda jamoamiz azosiga aylangan Mirjalol Mirzaev raqib jarima maydoni ichida sovuqqonlik bilan to'pga kuchli va aniq zarba bergan xolda, uchrashuvda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi – 1:1.

SHundan so'ng andijonliklar hujumni yanada kuchaytirdi. To'pni nazorat qilish orqali, kombinacion o'yin ko'rsatib raqibni shoshirib qo'ygan “Andijon-SGS” futbolchilari g'alaba to'pini ham kiritishga erishdi. Aniqrog'i oxirgi yillarni legioner sifatida o'tkazgan va yaqinda jamoamiz azosiga aylangan Abubakir Mo'ydinov chap oyoqda raqib darvozasi tomon aniq zarba yo'llab, daniyalik posbonni ojiz qoldirdi 2:1.

Uchrashuvda hisob boshqa o'zgarmadi va shu tariqa andijonliklar Evropa jamoasiga qarshi kechgan bahsda g'alaba qozondi. Darvoqe, uchrashuv yakuniga etgach, har ikki jamoa bir-biriga minnatdorchilik bildirib, estalik uchun suratga tushdi. Bosh murabbiy SHoxruh Ishanov “Andijon-SGS” futbol klubining atributkalaridan “Naestved” bosh murabbiyiga estalik uchun sovg'a qildi.

“Andijon-SGS” mazkur uchrashuvda quyidagi tarkiblarda xarakat qildi.

Birinchi bo'lim:
Asilbek Tojiddinov, Fayzullo Nurmuxammadov, Abubakir Rejabboev, Omadjon Tursunaliev, Akbarxo'ja No'monxo'jaev, SHoxjahon Yorqinboev, Zayniddin Xamraboev, Abdushukur Maxamatov, Azizbek Usmonov, Xamidullo Karimov, O'ktam Abdumalikov

Ikkinchi bo'lim:

Abdumalik Nurmuxammadov, Xojiakbar Mo'minov, Otabek Mo'minov, Dilmurod Abduqahorov, Yursunali Topvoldiev, SHahboz Jumaboev, Ozodbek Qahhorov, SHokir Odiljonov, Abubakir Mo'ydinov, Mirjalol Mirzaev, Abdumutalib Rejabboev

Gollar: Mirjalol Mirzaev, 78. Abubakir Mo'ydinov, 89.

Quyida mazkur uchrashuvdan olingan fotosuratlarni tomosha qiling:



Foto: Rustamxo'ja Nabixo'jaev

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика