Anchelotti: "Vilyarreal"ga qarshi o'yinda vaziyatni o'zgartirish uchun "Real"da etarlicha xarakter bor edi"
20 jan 2023 14:20
Yangiliklar
Anchelotti: "Vilyarreal"ga qarshi o'yinda vaziyatni o'zgartirish uchun "Real"da etarlicha xarakter bor edi"
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya Kubogi 1/8 finalida "Vilyarreal" ustidan qozonilgan g'alaba (3:2) haqida fikr bildirdi.
"Birinchi bo'limni juda yomon o'tkazgan bo'lsak, ikkinchi taymda umuman boshqacha o'ynadik. Ikkinchi taymda o'yin taqdirini o'zgartirish qiyin, lekin jamoada buni o'zgartirish uchun xarakter bor edi. Yigitlar taslim bo'lishmadi va bu bizni o'zgartirishiga ishonaman.
Sebalos va Asensio o'yin dinamikasini o'zgartirdi. Ular o'yinga shiddat olib kirishdi, hisobni o'zgartirish va keyingi bosqichga chiqishda hal qiluvchi rol o'ynashdi", – dedi Anchelotti.
"Real"ning 1/4 finaldagi raqibi bugun qura tashlash marosimida aniq bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar