Anchelotti terma jamoalarning eng ko'p maosh oluvchi murabbiyiga aylanadi
22 fev 16:22
Yangiliklar
Anchelotti terma jamoalarning eng ko'p maosh oluvchi murabbiyiga aylanadi
Braziliya futbol konfederaciyasi rahbariyati Karlo Anchelotti bilan 4 yillik yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
Italiyalikning maoshi yiliga 40 million evro atrofida bo'lishi mumkin, bu esa uni terma jamoalarning dunyodagi eng ko'p maosh oluvchi murabbiyiga aylantiradi.
Mutaxassisning amaldagi shartnomasida Braziliya 2026 yilgi jahon chempionatida g'alaba qozonsa, 5 million evro bonus ham ko'zda tutilgan.
Anchelotti Braziliya terma jamoasini 2025 yilning may oyida qabul qilib olgan. Uning qo'l ostida jamoa sakkizta o'yin o'tkazdi: to'rtta g'alaba, ikkita durang, ikkita mag'lubiyat.
Bungacha 66 yoshli mutaxassis "Milan”, "Real”, "Yuventus”, PSJ, "Bavariya”, "Everton" va "Napoli" klublarida ishlagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar