Anchelotti: "Ronalduning atrofida o'yinni qurib bo'lmaydi"
22 may 2020 21:55
Yangiliklar
Anchelotti: "Ronalduning atrofida o'yinni qurib bo'lmaydi"
"Real"ning sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan faoliyati haqida gapirdi.
"Ronalduning atrofida o'yinni qurib bo'lmaydi. Zidanga aytganimdek, Krishtianu o'yin davomida qulay sharoitlar yaratishi kerak. Uni qandaydir taktika yoki himoyaviy nuqtai nazarda o'ynatish kerak demoqchi emasman.
Albatta, jamoa bir organizm kabi ishlashi kerak, Ronaldu kabi hujumchilar har bir o'yinda gol urishi lozim. Unga himoya haqida ko'p ham gapirmaslikni tavsiya qilaman. Bunday fantastik futbolchiga erkinlik kerak xolos.
Serxio Ramosda ham fantastik sifatlar bor. Uning eng yaxshi sifati taktika ham texnika ham emas - xarakter. U istalgan futbolchisini ruhlantira oladi. Ramos ham faoliyatida "Real"ni ko'p bora qutqargan davrlari bo'lgan", - dedi Anchelotti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar