Anchelotti: “Hali qaytamiz”
16 jan 2023 08:45
Yangiliklar
Anchelotti: “Hali qaytamiz”
Ispaniya Superkubogi finalida “Barselona”ga uchralgan mag'lubiyatdan keyin (1:3), “Real” ustozi Karlo Anchelotti o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Bu o'yinda saboq olishimiz kerak deb o'ylayman. Hozir jamoa uchun oson bo'lmagan vaqt. Va bu barchasini aytib turibdi.
Jamoa eng yaxshi formada emasligi malum edi. Bu uchrashuv esa bizga bazi kamchiliklarni ko'rsatdi. Hali qaytamiz. Endi esa keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rish kerak.
O'yin boshi teng o'tdi, ammo “Barselona” birinchi golni urdi va o'z kuchiga bo'lgan ishonchni oshirdi. Bir jamoadek o'ynashimiz lozim.
Xatolarni qanday tuzatishga kelsak, futbolchilarga o'sha daqiqalarni ko'rsatib, buning ustida ish olib bormoqdamiz.
“Valensiya”ga qarshi bahsda yaxshi himoya elementlarini ko'rsatdik, bugun esa yana xatolarga yo'l qo'ydik. Bu ustida ishlashimiz kerak”, deydi Anchelotti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar