Anchelotti futbolni yaxshilash borasida o'z fikrlari bilan bo'lishdi
10 apr 2023 23:45
Yangiliklar
Anchelotti futbolni yaxshilash borasida o'z fikrlari bilan bo'lishdi
Karlo Anchelottining fikricha, futbolda "toza vaqt"ni joriy qilish lozim.
Murabbiy intervyu berish chog'ida, futbolni qanday yaxshilash mumkinligi haqida savolga javob berdi.
"Ko'p qo'shib berilgan vaqtlardan qutilish uchun "toza vaqt" g'oyasi bor. Bir nimalar qilish mumkin.
Taqvimga keladigan bo'lsak, bu mavsum o'yinlar juda ko'p. "Real"ning 15 nafar futbolchisi ishtirok etgan jahon chempionati bo'ldi. Keyin Saudiya Arabistonida Ispaniya Superkubogi, Marokashda klublar o'rtasidagi JCH.
30 dekabrdan 20 martgacha har uch kunda maydonga tushdik. "Barselona" kabi barqaror bo'la olmadik.
Hozirgi taqvim - absurd, masalani hal qilish kerak" - deydi Anchelotti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar