Anchelotti Braziliyani boshqarmaydi
13 dek 2022 17:58
Yangiliklar
Karlo Anchelotti "Real"ni tark etish haqida o'ylamayapti.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Braziliya futbol konfederaciyasi (CBF) italiyalikni terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlamoqchi ekanligi va Anchelottining o'zi bu ishni 2023 yilning iyun oyida boshlashga tayyorligi haqida malumotlar paydo bo'lgandi.
Biroq "Marca" nashri xabariga ko'ra, murabbiy to'liq etiborini "Real"ga qaratgan. U klubda shartnoma muddati tugaguniga qadar qolish va ehtimol, 2024 yilgacha mo'ljallangan shartnomani uzaytirish niyatida.
Na Anchelotti, na "Real" hamkorlikni muddatidan oldin tugatish variantlarini ko'rib chiqyapti.
Fikrlar