Anchelotti 4:1 hisobidan so'ng: "G'alaba uchun yaxshilab dam olish lozim"
09 fev 2023 09:11
Yangiliklar
Anchelotti 4:1 hisobidan so'ng: "G'alaba uchun yaxshilab dam olish lozim"
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klublar o'rtasidagi JCH yarim finali doirasida "Al Ahli"ga qarshi o'yindan so'ng (4:1) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Final o'yinini sabrsizlik bilan kutyapmiz. Umid qilamanki, barchasi joyida bo'ladi. Biz muvaffaqiyatga erishish uchun harakat qilyapmiz.
Yaxshilab dam olishimiz kerak, vaqt kam. G'alaba qozonish uchun yaxshi dam ham lozim.
Jarohatlangan futbolchilar? Ular hali to'liq tuzalishmadi. Karim sog'aygan, Militao bo'yicha esa havotirlar bor. Ular juma kuni mashg'ulot o'tkazishadi. Bugun harorati ko'tarilgan Karvaxal, mushaklarida zo'riqish bo'lgan Asensio ham qaytadi", - dedi Anchelotti.
Eslatib o'tamiz, "Real" hamda Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoalari o'rtasidagi final o'yini 11 fevral kuni o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar