So’nggi yangiliklar

07:58Исломбек Исмолилов: «Ҳозирги ҳис туйғуларни таърифлаб бўлмайди»  1 07:35Саудия чемпионати. "Ал Ҳилол" ўз майдонида дуранг қайд этди, "Ал Иттиҳод" эса 3 та гол уриб ғалаба қозонди  0 07:30Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-турга старт берилади  0 07:11Суперлига. Пенальтини голга айлантира олмаган Колесниченко ўйинда гол уриб "Сурхон"га ғалаба келтирди  1 02:15АПЛ. "Ноттингем Форест" "шпорлар"ни мағлуб этди ва ЧЛ йўлланмаси учун курашни давом эттирмоқда  2 02:11"Авелино" лаънатланган клубми? Нега ҳар сафар улар лигани ўзгартирса Рим Папалари вафот этади?  3 00:54Агар "Реал" "Барселона"га мағлуб бўлса, кейинги баҳсда жамоани бошқа мураббий бошқаради  8 00:11Февзи Давлетов: "Ҳар икки жамоа ҳам ғалаба учун курашди"  3 23:53Чемпионшипнинг икки жамоаси муддатидан аввал АПЛ йўлланмасини қўлга киритди  7 23:32Сергей Лушан: "Бугунги ўйинда дуранг ҳам эҳтимол адолатдан бўлмасди"  7 22:47Эрон. Машарипов жамоаси ўз уйида очко йўқотди  2 22:00Суперлига. "Сурхон" фойдаланилмаган пенальти ва иккита гол ҳисобланмаган ўйинда "Навбаҳор"ни мағлуб этди   94 20:15Ўзбекистон терма жамоаси Тошкентга етиб келди  10 19:56"Қўқон-1912" ивуарлик футболчи билан шартномани бекор қилди  3 19:40Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ БААга эртароқ йўл олади  18

Ana xolos! Superliga 1-turida klublar asosiy futbolchilarini maydonga tushira olmasligi mumkin Yangiliklar

Ana xolos! Superliga 1-turida klublar asosiy futbolchilarini maydonga tushira olmasligi mumkin

O'zPFL Superliga klublarini reglamentning 11.7-bandi bo'yicha ogohlantirdi.

“Superliga va Pro liga reglamenti”ning 11.7-bandi quyidagicha bayon qilingan: 

Musobaqada ishtirok etish huquqini beruvchi licenziya hujjatlari rasmiylashtirilganidan so'ng licenziyalar klubning vakolatli vakiliga uning imzosi bilan tasdiqlangan shaxsiy masuliyati ostida quyidagi shartlarda taqdim etiladi: 

- reglamentning 10.18-bandida qayd etilgan texnologiya bilan ishlash huquqini beruvchi licenziya mavsum yakuniga qadar sotib olinganligini isbotlovchi hujjat Ligaga topshirilganda; 

- videotahlillar asosida futbolchining rasmiy uchrashuvlardagi statistik ko'rsatkichlari haqida malumot beruvchi markazlashtirilgan kompaniya bilan tuzilgan shartnoma Ligaga topshirilganda. Mazkur hujjatlarsiz klub 2002 yil va undan katta yoshdagi futbolchi licenziyasiga ega chiqa olmaydi.

Liga mazkur bandni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 5887-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini amalga oshirish maqsadida reglamentga kiritgan bo'lib, u bosqichma-bosqich qatiylashtirib kelindi. Xususan, o'tgan mavsum mazkur band ijrosini amalga oshirishda qator klublar Ligaga yolg'on malumot taqdim etgani malum bo'ldi va ularga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi. 

Joriy mavsumda ham shunday holat kuzatilmasligi uchun reglamentga yuqoridagi ko'rinishda o'zgartirish kiritilayotgani o'tgan yilning dekabr oyidayoq Superliga klublariga malum qilindi. Liga mutaxassislari o'tgan uch oy davomida mazkur masala va muzokaralarda klublarga amaliy yordam ko'rsatdi. Shunga qaramay, ayrim klublar hozirga qadar tegishli licenziyalarni Liga ro'yxatidan o'tkazgani yo'q. 

Shundan kelib chiqib, Superliga ilk turida biror klub maydonga faqatgina 2003 yil va undan keyin tug'ilgan futbolchilar bilan chiqib kelsa, Liga mazkur jamoaga katta yoshli futbolchilar licenziyasini taqdim etmagan bo'ladi. Umid qilamizki, futbol muxlislari bu kabi holatlarni to'g'ri qabul qiladi va o'z jamoasi rahbariyatidan professionallikni talab qiladi", – deyiladi PFL bayonotida.

Reyting: +5   

Fikrlar

+2   
03 mar 16:41:43
Акрамжон Халилов
Маҳалладан справка, мактабдан справка... Қабристондан кўмилмаганлиги хақида справка... Эҳҳҳеее гап йўқ буларга.
+1   
03 mar 17:21:24
Кодир
Пфл уфа дан узр суриман президент карори буйича регламент дейилган екан охиригача укимай ховликиб езибман узр минг бор омад пфл уфа фаолиятига
+1   
03 mar 17:20:48
Кодир
Пфл уфа дан узр суриман президент карори буйича регламент дейилган екан охиригача укимай ховликиб езибман ух2р минг бор омад пфл уфа фаолиятига
+1   
03 mar 16:56:37
Nodirbek Masharipov
Futbolni har qaysi liga uzicha taxlil qilib qoidalar kiritaveradigan boʻldi bandi modda isha tuwaveradi
+1   
03 mar 16:54:23
Nodirbek Masharipov
Nima ham deymiz kulib qoʻyamiz
+1   
03 mar 16:51:31
Nuriddin Eshmatov
Klublar majburiyatlarini ohirigacha bajarmagande shu bo'limlar bo'yicha. Shunga taqiq bo'lishiga mumkin.
+1   
03 mar 16:47:00
Xojakbar Xaitov
Кун тун булмас тун кун булмас Э келинглар доноларнинг доноси тушунтириб беракосин
+1   
03 mar 16:31:06
Ilyos M
Нима деганини кимдур тушундими ?
+1   
03 mar 16:17:49
Soccer(uz)
Umuman tushunarsiz...
   
04 mar 05:59:50
Atxam Tursunov
Когозвозлик. Йуколган. Хамма. Жойлар. Онлайн. Компьютер. Тизим. Бита. Натариус. Оркали. Килса. Булади

   
03 mar 20:07:03
Андижан
Клубларга хужжат ишларида кераксиз талаблар ку́пайиб кетди
   
03 mar 19:01:05
Kamol Jamol
Aslida shu futbolga buyruqbozlikni olib tashlash kerak ligada qatnashaman deb ayollar komandasi mini futbol komandasi ertaga hokkey komandasi ham tuz deyishi ham mumkin. Kimga kerak boʻlsa mini futbol ayollar futboli qilaversin majburlab nima qiladi
   
03 mar 18:46:33
{ CHELSEA }
Bunaqa jinnilik faqat bijildoq ligada boʻladi...
   
03 mar 17:57:39
sherzod1989
Klub hodimlari ham ishlasinda tekin tomoq bulib davlatni pulini yeb yotmay. Aytilgan ekanku qimaydimi vaqtida.
   
03 mar 17:51:49
sss ddd
нима дейишмокчи тушунмадим
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика