Amrabat "Barselona" va "Tottenxem" nishonida
18 mar 2023 14:28
Yangiliklar
Amrabat "Barselona" va "Tottenxem" nishonida
"Fiorentina" futbolchisi Sofyan Amrabat bir qator klublar qiziqishini o'zida saqlab turibdi.
Marokash terma jamoasi tarkibida Qatardagi Jahon chempionatida ajoyib ishtirokidan so'ng yarim himoyachiga Evropaning bir necha gigantlari qiziqish bildirgan edi. Biroq Italiya klubi asosiy o'yinchilaridan birini mavsum o'rtasida qo'yib yuborishni istamadi. U hatto "Barselona"ga malum muddat tekinga o'ynab berishga rozi ekanligini bildirgan edi. Biroq yakunda hech qanday kelishuv amalga oshmadi.
26 yoshli futbolchi yanvar oyida boshqa klubga qo'yib yuborilmaganidan ranjigan bo'lsa-da, Italiya A Seriyasi va Konferenciyalar Ligasida yaxshi formada bo'lib turibdi. Aytishlaricha, qitaning bir qancha yirik klublari uni o'ziniki qilish umidida yozgi transferlar oynasida muzokaralar stoliga qaytadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar