Allegri "Yuventus"ni "Manchester Yunayted" futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi
28 dek 2022 22:05
Yangiliklar
Allegri "Yuventus"ni "Manchester Yunayted" futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi
Turinning “Yuventus” klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoani Angliya Premer-ligasida to'p tepadigan futbolchi bilan kuchaytirmoqchi.
Manbaning xabariga ko'ra, italiyalik mutaxassis jamoa himoyasining o'ng qanotini "Manchester Yunayted" himoyachisi Diogu Dalot bilan kuchaytirmoqchi.
Biroq transferning amalga oshishi qiyin kechadi. Sababi portugaliyalik futbolchi hozirda "Old Trafford"da baxtli va uning ketish niyati yo'q. "Manchester Yunayted" yaqinda Dalotning shartnomasida avtomatik yangilanish variantini faollashtirib, futbolchining jamoada qolish muddatini 2024 yilning yoziga qadar uzaytirdi. SHunga qaramay, klub Diogu bilan uzoqroq muddatga mo'ljallangan shartnomani qayta imzolamoqchi.
Dalotga Italiyaga begona emas, futbolchi “Milan”da ijara asosida o'ynagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar