So’nggi yangiliklar

19:59Суперлига. "Бухоро" "Навбаҳор" дарвозасига жавобсиз 5 та тўп киритди  80 19:55Суперлига. "Нефтчи" – "Динамо" 1:1 (матнли транлсяция)  22 19:53"Сабаҳ" — "Туран". Раҳмоналиев асосий таркибда  0 19:26Зиданнинг 27 ёшли ўғли Люка спорт фуқаролигини Жазоирга ўзгартирди  0 18:55Суперлига. "Хоразм" ўз уйида "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  11 18:41"Реал" — "Эспаньол". Таркиблар маълум  14 18:35АПЛ. "Ливерпуль" Мерсисайд дербисида қийин ғалабага эришди  11 17:42"Хоффенхайм" — "Бавария". Таркиблар маълум  1 17:08Футзал. Ўзбекистон Фаластинни тор-мор этди  16 16:41Рубен Санчес: "Мухлисларимизни яна бир бор ранжитишга ҳаққимиз йўқ эди"  0 16:02Тимур Кападзе Хитой мураббийи бўлиши ҳақидаги саволга аниқ жавоб берди  53 14:12"Шўртан" ва "Пахтакор" ўртасида нурсиз дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:45ОКМК "Бунёдкор"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:40Тез орада Хитой бош мураббийи эълон қилинади, якуний уч номзод орасида Кападзе бор  38 12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  13

Alisher SHog'ulomov: "Keyingi mavsumda tarkibda katta o'zgarishlar bo'ladi" Yangiliklar

Alisher SHog'ulomov: "Keyingi mavsumda tarkibda katta o'zgarishlar bo'ladi"

Pro liga 14-turdan o'rin olgan "Oq-tepa" - "Istiqlol" (1:2) uchrashuvidan keyin mezbon jamoa boshlig'i Alisher SHog'ulomov fikrlarini bildirib o'tdi.




"Bilasiz, jamoamiz tizimida katta o'zgarishlar yuz bergan. Asosiy o'yin uslubimiz to'p nazoratini saqlash va qisqa paslar bilan harakat qilishni saqlab qolamiz. Yo'qotadigan narsamiz yo'qligi bois har bir o'yinda turli o'zgarishlarga qo'l uryapmiz. Turli taktikalarni sinovdan o'tkazyapmiz. Natija biz uchun muhim emas. O'yin davomida 2-3 ta hujumchi bilan harakat qilyapmiz. Umumiy qilib aytganda keyingi mavsumga tayyorgarlik olib boryapmiz",- deydi Alisher SHog'ulomov.

- Jamoa dastlabki 15-20 daqiqada ko'p bor noaniq paslarni amalga oshirdi va raqibning o'yiniga moslashib qolgandek ko'rindi...

- Balki, charchoq alomatlari bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Mavsum oxirida hech bir jamoa jismoniy jihatdan yuz foiz tayyor bo'lmaydi. Pandemiya bo'ldi, to'xtalishlar, tanaffuslar o'z tasirini o'tkazdi.

- SHunday murabbiylar bo'ladiki, uslubi va falsafasi tezda natija beradi. Bazi murabbiylarning uslubi esa sekin natija olib keladi. Jamoada faoliyat olib borayotgan ispaniyalik murabbiyga bu borada qanday izoh bera olasiz?

- Tez natija ko'rsata oladigan murabbiyga futbolchilar ham shu darajada bo'lishi kerak. Oraliqdagi tanaffusda ettita etakchi futbolchilarimizni qo'yib yubordik. Ularning o'rniga hech kimni taklif qila olmadik. Qishda tarkibda katta o'zgarishlar bo'ladi. Hozirgi vaqtda olti nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladik. O'ylaymanki, keyingi mavsumda boshqacha futbol ko'rsatamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика