So’nggi yangiliklar

17:22"Жирона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 17:10"Ал Батаэҳ" — "Ал Наср". Таркиблар маълум  2 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  3 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  28 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  6 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  11 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  4 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  3

Alisher Nikimbaev U-23 Osiyo Kubogi tashkilotchiligiga baho berdi hamda Iroqqa qarshi o'yindagi noxush holatga munosabat bildirdi Yangiliklar

Alisher Nikimbaev U-23 Osiyo Kubogi tashkilotchiligiga baho berdi hamda Iroqqa qarshi o'yindagi noxush holatga munosabat bildirdi

Saytimiz xodimlari Narzulla Saydullaev va Nikolay Egorichev Qatar futbol associaciyasi vakili, JCH-2022 tashkiliy qo'mitasi azosi Alisher Nikimbaev bilan suhbat uyushtirishdi.

- Sizningcha, U-23 Osiyo Kubogi tashkilotchilik tarafdan qanday o'tdi?

- Darhol aytishim mumkinki, yaxshi saviyada o'tkazildi. Muammolar ham uchradi. Bu hamma ko'rganidek, muxlislarning o'zini tutishi va "Bunyodkor" stadioni maysasi. Biroq muxlislar payqamaydigan, ammo mutaxassislar darhol sezadigan ijobiy o'zgarishlar kuzatildi. 

Eng asosiysini aytadigan bo'lsam, Osiyo Kubogi mezbonligi hech narsani anglatmaydi. O'zini yakka olganingizda shunday. O'z vaqtida biz 2006-2010 yillar oralig'ida 4 yilda 4 ta Osiyo Kubogini o'tkazganmiz. Maqsad uni o'tkazish emas, tajriba to'plash, o'rganish va JCHni qabul qilish edi – bu xoh U-17 bo'lsin, xoh U-19... Keyingi qadam sifatida shu o'ylangandi. Bilishimcha, vazifa hamon shunday.

Umuman olganda, U-23 Osiyo Kubogi tashkilotchiligini 5 ballik tizimda 4 bahoga loyiq ko'rgan bo'lardim. Eng muhimi, rahbariyat ertami-kechmi yoshlar o'rtasidagi JCHga mezbonlik qilmoqchi. 

- U-23 Osiyo Kubogida Iroq bilan o'yindagi noxush holat OFKning keyingi rejalariga qanday tasir o'tkazishi mumkin?

- Keyingi yil O'zbekiston U-20 Osiyo Kubogiga mezbonlik qiladi. Darajasi ozgina pastroq, lekin unda JCH yo'llanmasi o'ynaladi. OFK U-23 Osiyo Kubogidagi holatni unutmagan holda ish ko'rishi aniq. Holat qayta takrorlanmasligi uchun qo'shimcha ishlar qilinadi. Albatta, yoqimsiz holat kuzatildi. Buni hamma ko'rdi va muhokama qildi. O'ylaymanki, hammamiz insonmiz va xato qilishga moyilmiz. Asosiysi, nima bo'lgani emas, unga qilingan reakciya, buyog'iga nima qilish masalasidir, shu asosiy savol. 

OFK jiddiy qarorlar qabul qildi, chunki tashkilot nafaqat O'zbekistonni, balki qaysidir manoda o'zini ham jazoladi. Yarim final.. yana muxlislarsiz, bo'sh tribunada... Hatto translyaciya ovozi umuman boshqacha, xuddi o'rtoqlik o'yiniga o'xshaydi. 

Xullas, OFK bunga jiidy ahamiyat qaratdi deya olaman. Bu vaziyat keyingi yil o'tadigan Osiyo Kubogi vaqtida yana muhokama qilinadi, dedi Nikimbaev.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика