So’nggi yangiliklar

15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  1 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  5 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  1 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  5 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  14 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  30 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  3 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7

Alisher Nikimbaev: "Qatarda 100 foiz karantin holati elon qilinmagan" Yangiliklar

Alisher Nikimbaev: "Qatarda 100 foiz karantin holati elon qilinmagan"

"Tezkor studiya" mehmoni bo'lgan taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev Qatardagi karantin holati qanday davom etayotgani haqida so'zlab berdi.

Malumki, Alisher Fayzullaevich bugungi kunda Qatar futbol associaciyasida faoliyat olib boryapti. 

- Qatarda 100 foiz karantin holati elon qilinmagan. Ishga esa navbatma-navbat boryapmiz. Masalan, o'zim 1 aprel kuni ishga borgan bo'lsam, endi 14 aprel kuni boraman. Xuddi shu kabi har bir xodimning ish dasturi belgilab berilgan. 

- Hozircha Dohada mashinalar qatnoviga cheklov elon qilingani yo'q, ko'chada mashinalar bemalol yuribdi. Lekin baribir ko'p hollarda hamma uyda qolishga harakat qilyapti. Haftada ikki marta uydan chiqishimiz mumkin, shunda ham oziq-ovqat xarid qilgani do'konga boramiz. 

- Lekin shahar to'liq karantinga yopilgani yo'q. Hatto qurilish ishlari ham davom etyapti. Bilasiz, 2022 yilgi jahon chempionatiga Qatar mezbonlik qiladi, shu bois qurilish to'xtab qolishi kerak emas. Faqat ish soat bo'yicha belgilab berilgan, - deydi Alisher Nikimbaev. 


Qatar chempionatida nima gap? O'yinlar qachondan davom etishi mumkin? 

Bu savollarga Nikimbaevning javobi quyidagicha bo'ldi: 

- O'yinlar qachondan davom etishi nomalum. Qatar Yulduzlar ligasi tugashiga beshta tur qolgan. Yoshlar ligasi bilan ikkinchi divizionda ham beshtadan tur qolgan. SHuningdek, Kubokda yarim final va final bahslari hali o'tkazilgani yo'q. Qatarda rasman 14 aprelga qadar barcha musobaqalar to'xtatilgan. 18 yoshdan kichik futbolchilar o'rtasidagi turnirlar esa bekor qilindi. 

- Katta ehtimol bilan aprel oxiriga qadar o'yinlar bo'lmaydi. Agar aprel oxirida jamoalar to'liq tarkib bilan mashg'ulotlarga qaytsa, balki may oyi o'rtalarida chempionat va boshqa musobaqalar to'xtagan joyidan davom ettirilishi mumkin. 

- SHu o'rinda 23 may atrofida Hayit bayrami nishonlanishini etiborga olish lozim. Bu ham reja tuzayotganimizda inobatga olinadi. Hozirgi rejamiz iyunga qadar chempionatni tugatib qo'yish va Kubokning yarim final, final o'yinlarini sentyabrga qoldirish. Bu endi vaziyatning qanday tus olishiga bog'liq.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика