So’nggi yangiliklar

00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  0 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  1 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  24 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  25

Alisher Nikimbaev: "Oliy ligada talabga javob beradigan futbol klublari ishtirok etishi kerak" Yangiliklar

Alisher Nikimbaev: "Oliy ligada talabga javob beradigan futbol klublari ishtirok etishi kerak"

Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev O'zbekiston Futbol Federaciyasi tomonidan futbolni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.

Jumladan, Alisher Nikimbaev Oliy ligada qatnashayotgan klublarning soni emas, sifati muhim ekanini takidlar ekan, O'zbekiston Futbol Federaciyasining Oliy liga formatini o'zgartirish va klublarni licenziyalash bo'yicha talablar kuchaytirgani mana shu sifatni taminlashga xizmat qilishini takidlab o'tdi.

“Men OFKda ikki yil davomida licenziyalash masalalari bilan shug'llanganman. Licenziyalash jarayoni futbolni rivojlantirish uchun eng asosiy instrument. Federaciyamiz rahbariyati mana shu instrumentdan foydalanayotgani meni xursand qilmoqda. Avvallari licenziyalash masalasiga jiddiy ahamiyat qaratilmagan. Masalan, “Obod”, “SHo'rtan” kabi klublar licenziyalash talablariga javob bermaydi. Lekin ularga Oliy ligada ishtirok etishga ruxsat berilgandi. Licenziyalashda asoiy tamoyillardan biri klublarning o'z futbol maktabi, mashg'ulot maydonlari bo'lishi hisoblanadi. Lekin biz yaxshi bilamizki, “Obod” klubining o'z futbol maktabi yo'q.

Agar klublarni licenziyalash bo'yicha saralaydigan bo'lsak, balki Oliy liga talabiga javob beradigan klublar 12tadan ham kam qolar. Nima bo'lgan taqdirda ham, Oliy ligada talabga javob beradigan futbol klublari ishtirok etishi kerak”, deydi Alisher Nikimbaev.

Oliy ligada talabga javob beradigan futbol klublari ishtirok etishi kerak.

Bundan tashqari, futbol mutaxassisi Oliy liga klublaridagi murabbiylar masalasiga ham etibor qaratish kerakligi takidlab o'tdi. Hozirda milliy chempionatimizdagi klublarning yarmidan ko'prog'ida yosh murabbiylar faoliyat yuritayotgani, ushbu murabbiylarning malakasini oshirish uchun Malayziya, BAA, Rossiya kabi davlatlarda o'quv seminarlari tashkil qilish zarurligini ham qo'shimcha qildi.

“Birlashgan Arab Amirliklarida yaqin uch yil ichida 3ta katta musobaqa – Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatlari va Osiyo Kubogi musobaqalari bo'lib o'tadi. Bizdagi murabbiylar, futbol mutaxassislari mana shunday katta musobaqalarga borib ish o'rganishlari zarur. U erda tashkilotchilik masalalari,  musobaqalarni o'tkazish, OAV bilan ishlash va boshqa jihatlarni o'z ko'zlari bilan ko'rib, tajriba to'plab kelishsa, maqsadga muvofiq bo'lardi”, - deydi Alisher Nikimbaev.

Birlashgan Arab Amirliklarida yaqin uch yil ichida 3ta katta musobaqa – Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatlari va Osiyo Kubogi musobaqalari bo'lib o'tadi. Bizdagi murabbiylar, futbol mutaxassislari mana shunday katta musobaqalarga borib ish o'rganishlari zarur. U erda tashkilotchilik masalalari,  musobaqalarni o'tkazish, OAV bilan ishlash va boshqa jihatlarni o'z ko'zlari bilan ko'rib, tajriba to'plab kelishsa, maqsadga muvofiq bo'lardi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика