So’nggi yangiliklar

00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  2 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  2 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  2 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1

Alisher Nikimbaev: "O'FF oldin ham o'z reglamentini ko'p bor buzgan" Yangiliklar

Alisher Nikimbaev: "O'FF oldin ham o'z reglamentini ko'p bor buzgan"

O'zbekistonlik futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev O'FF qabul qilgan qaror borasida o'z fikrlarini bildirdi:

"O'FF o'z qarori bilan o'z reglamentini buzayapti degan gaplar ko'payib ketdi, eslatib o'tmoqchiman, oldingi rahbariyat davrida ham reglament ko'p va xo'p buzilgan.

Masalan, licenziyalash reglamentiga ko'ra oliy ligada faqat licenziyaga ega bo'lgan klublar o'ynashi mumkin. Bu qoida 2013 yildan buyon amal qilmoqda. Bunday qoida Osiyo qitasi mamlakatlarining juda kamida bor. Faqat Yaponiya yodimga tushmoqda. Barcha qolgan mamlakatlar licenziyalashdan faqat Osiyo CHempionlar ligasi uchun foydalanishadi. SHu bois, masalan, Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi bir necha mavsum OCHLda ishtirok eta olmayapti, ammo o'z ichki ligasida bemalol o'ynamoqda. Mana shu yilda BAAda shunday vaziyat sodir bo'ldi: "Al-Ayn" va "SHabab Al-Ahli Dubay" licenziya olishmadi va OCHLda qatnasha olishmaydi, ammo ichki chempionatda muammosiz ishtirok etishadi.

O'FF o'z vaqtida licenziyasiz oliy ligada o'ynash mumkin emas degan qoidani joriy qilgandi. Ammo talablarni bajarmagan klublarni jazolashni o'rniga barchaga licenziyalarni berib yuboraverdi. O'tgan yil "Obod" va "SHo'rtan" klublari licenziyaga ega bo'lishgandi. Birinchisini klub deb atab ham bo'lmasdi, ikkinchisi esa PFL tomonidan futbolchi oldidagi qarzdorlik natijasida 3 ochkodan mahrum qilingandi. Yani PFL "o'ng qo'li" bilan "SHo'rtan"ni reglamentni buzgani uchun jazoladi, "chap qo'li" bilan esa licenziya bergandi. Agar O'FF o'z reglamentiga qatiy amal qilganida shu yilning o'zida oliy ligada 14ta klub bo'lardi", - deb yozadi Nikimbaev feysbukdagi o'z sahifasida.

Eslatib o'tamiz, Alisher Nikimbaev klub licenziyalash ishlarida anchagina tajribali, OFKda ishlaganida 2011-12 yillarda u aynan mana shu bilan shug'ullanganini eslash kifoya.


Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика