So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  5 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Alisher Nikimbaev: "Nima uchun O'FFni tanqid qilishyapti? SHoshilmaslik kerak" Yangiliklar

Alisher Nikimbaev: "Nima uchun O'FFni tanqid qilishyapti? SHoshilmaslik kerak"

Taniqli futbol eksperti Alisher Nikimbaev O'zbekiston milliy terma jamoasiga murabbiy tanlashda shoshma-shosharlikka yo'l qo'ymaslik lozimligini, yangi murabbiy olib kelishga hali vaqt etarli ekanligini aytib o'tdi.

"To'g'risi, Ro'ziqul Berdiev va O'FF nima uchun tanqid qilinayotganiga tushunmayapman. Terma jamoaning birinchi rasmiy o'yinigacha 14 oy vaqt bor. SHu sababli, yangi murabbiy tanlashda shoshilgandan foyda yo'q. Duch kelgan murabbiyni tanlash ham to'g'ri kelmaydi. Ayni paytda murabbiylar bozorida faqatgina Evropada mavsum boshida ishsiz qolganlar bor. Albatta, ushbu ro'yxatda Ronald de Bur, Karlo Anchelotti kabilar ham bor. Lekin, O'FF rahbariyati ular bilan muzokara olib borayotganligi fakt emas.SHuningdek, ular terma jamoamizga kelishi ham aniq emas. Men uchun kim vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajarganidan ko'ra, bosh murabbiy sifatida kim bilan shartnoma imzolanishi muhim. SHu asosiy savol. Agar yakunda terma jamoasini ayni paytda JCHga tayyorlayotgan murabbiy tanlansa ham ajablanmayman. Bunday holatda u o'z ishini iyulda boshlashi kerak bo'ladi. Kechmi? Nima uchun kech? Osiyo Kubogigacha bir yarim yil vaqt bor. Tayyorlanish uchun vaqt etadi. Keyin, siz uchun qaysi biri yaxshi: yana Osiyo Kubogidagi yarim finalmi yoki jahon chempionatiga chiqishmi? Javob aniq. SHu sababli, havotirlanishga hech qanday sabab yo'q.

Berdievning bosh murabbiy etib tayinlanishiga keladigan bo'lsak, bu erda barchasi oddiy: o'z kuchini milliy terma jamoada sinab ko'rishni istamaydigan murabbiy yo'q. Ro'ziqulni tanqid qilayotganlar ham bunday imkoniyatdan foydalanib qolgan bo'lardilar", - deydi Nikimbaev o'zining feysbukdagi sahifasida.

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика