So’nggi yangiliklar

01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  16 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  16 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3 20:29"Шўртан" 4 футболчини таркибига қўшиб олганини маълум қилди  2 19:58"Манчестер Юнайтед" Уоткинс борасида музокараларни давом эттирмоқда  5

Alisher Azizov: "O'zbekiston chempionatini judayam sog'indim" Yangiliklar

Alisher Azizov: "O'zbekiston chempionatini judayam sog'indim"

Qirg'izistonning "Dordoy" jamoasida faoliyat olib borgan hamyurtimiz Alisher Azizov ayni damda erkin agentga aylandi.

Futbolchi bilan Bishkek klubi shartnomani uzaytirish niyatida emas deya xabar bermoqda futbolchining o'zi. Ayni damda hujumchiga Tojikiston, Hindiston va Qirg'izistonning "Alay" jamoalari jiddiy qiziqish bildirishmoqda. Biz Alisher Azizov bilan bog'lanib kelajagi borasida suhbatlashdik.

- "Dordoy" jamoasi bilan shartnomangiz yakuniga etdi. Klubdan shartnomani uzaytirish taklifi bo'ldimi?
- Yo'q, shartnomani uzaytirish to'g'risida jamoadan hech qanday taklif bo'lmadi. Mening fikrimcha, "Dordoy" legionerlarsiz o'ynamoqchi. Ayni damda klubda moliyaviy tomondan muammolar yuzaga kelgan bo'lishi mumkin. 

- Hozircha qaysi jamoalardan takliflar bor?  
- Qirg'izistonning Osh shahri jamoasi "Oloy"dan, Hindistonning "Minera" va Tojikistonning "Xo'jand" jamoalaridan takliflar bor. "Oloy"dan jiddiy taklif bo'ldi, maosh masalasi meni o'ylantirib turibdi. 

- Qirg'iziston chempionati haqida qanday fikrdasiz?
- Qirg'iziston chempionati ham yomon emas, baribir o'zimizning chempionatga etmaydi. Agarda O'zbekiston jamoalaridan taklif bo'lsa, albatta O'zbekistonda qolardim. 

- Jamoalarimizdan takliflar bo'ldimi?
- Hozircha hech qanday taklif bo'lgani yo'q. Menimcha bo'lmasa ham kerak, deb o'ylayman. 

- Nima uchun taklif bo'lmaydi deb o'ylayapsiz, o'z kuchingizga ishonmaysizmi?
- O'zimni kuchimga ishonaman. Lekin taklif bo'lmasa o'zimdan-o'zim birorta jamoaga borib olmayman-ku (kulib). O'zbekiston chempionati boshlangunga qadar biroz vaqt bor. Kutaylik-chi nima bo'lar ekan. To'g'risini aytsam, O'zbekiston chempionatini sog'indim.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика