So’nggi yangiliklar

02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  0 02:02Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал Мадрид"га илк турдаги ғалабани тақдим этди  36 02:00Муҳаммад Салоҳ Англия профессионал футболчилар уюшмаси талқинига кўра АПЛнинг энг яхши футболчиси деб топилди  1 01:54Англия профессионал футболчилар уюшмаси АПЛ рамзий терма жамоасини эълон қилди  1 01:10Фарҳод Нишонов: "Вазиятлардан фойдаланганимизда ўйин сценарийси бошқача кечиши мумкин эди"   1 00:56Неъматилло Қуттибоев: "Бугунги ғалаба – қаҳрамонлик. Йигитлар ва мухлисларга раҳмат"  0 00:50Гвардиола "Сити" билан шартномасини узайтирадими? Мураббийнинг ўзи жавоб берди  1 00:25"Арсенал" Троссарднинг маошини сезиларли даражада оширмоқчи  0 23:30Эрон. "Истиқлол" илк турда "Трактор"ни мағлубиятга учратди  1 23:23Гарначо "Бавария"га йўқ деди. Футболчи "Челси"га ўтмоқчи  2 22:25"Наполи" "Жирона"дан 20 млнлик трансферни амалга оширди  0 21:45"Марсель" жанжалкашларни расман бадарға қилмоқда. Рабьога таклифлар бор  1 21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  10 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  9 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  3

Alisher Azizov: “Obod” yopilganidan juda ham afsusdaman” Yangiliklar

Alisher Azizov: “Obod” yopilganidan juda ham afsusdaman”

O'tgan yili Toshkentning “Obod” jamoasida to'p tepgan Alisher Azizov bu yildan etiboran Qirg'izistonning “Dordoy” klubida faoliyat olib borayotganidan barchaning xabari bor.

Qirg'izistonning “Dordoy” klubi futbolchisi Alisher Azizov suhbat jarayonida sobiq jamoasi yopilganidan afsusda ekanligini bildirdi. 

-  Siz “Obod” jamoasi safida to'p tepgansiz. Sobiq jamoangiz rasman yopildi deya xabarlar tarqaldi. Bunga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz?

-  “Obod” klubi yopilgani haqida eshitdim. Endi nima ham derdim. Menimcha, moliyaviy muammo sabab klub yopilgan bo'lsa kerak. Pul bo'lmagandan keyin nima ham qilsin? To'g'risi, nima sababdan bunday bo'lganini bilmayman. Lekin, moliyaviy tomondan muammo bo'lmasa jamoa yopilmas edi.

-  Siz o'ynagan paytda moliyaviy muammo bo'lganmi?

-  Yo'q, men “Obod” safida to'p tepgan paytimda hech qanday moliyaviy muammo bo'lmagan. Avval jamoada hamma tomondan sharoitlar alo darajada edi.


-  Sobiq jamoangiz yopilganidan afsuslanayotgan bo'lsangiz kerak?

-  Albatta, afsuslanaman. Ushbu klub uchun qancha mehnatimiz singan. Juda ham ko'p odam ushbu jamoa uchun borini ayamagandi. Pulsiz jamoani saqlab qolib bo'lmaydi. Yaxshi futbolchilar bor edi. SHunday jamoa yopilayotganidan juda ham afsusdaman.

- Jamoa bosh homiysi futboldan zerikkan bo'lishi ham mumkinmi?

-  SHunaqa ham bo'lishi mumkin. Jamoani bosh homiy boshqaradi. Natija bo'lmagandan so'ng yig'ishtirib qo'yishga qaror qilgan bo'lishi mumkin. Meni fikrimcha, jamoaga boshqa murabbiy olib kelib ishlashga qo'yib berish kerak edi. Murabbiy bo'lmasa jamoani shakllantirish qiyin. Nima bo'lgan taqdirda ham birinchi ligada o'ynab oliy ligaga chiqqan tarkibni ushlab qolish kerak edi.

-  Hozirgi jamoangizga “Obod”dan kimlarni taklif qilgan bo'lardingiz?

-  Ko'pchilik futbolchilarni taklif qilgan bo'lardim. Misol uchun, Doniyor Hasanov, SHerzod Jalilov, Sanjar To'raqulov, SHohruz Norxonov yana bir nechta futbolchilarni sanab o'tishim mumkin. Lekin, “Dordoy” men taklif qilgan futbolchilarni pulini berishi qiyin bo'lardi, deb o'ylayman. Ular menga yaxshi zo'r futbolchi bo'lsa jamoaga taklif qilamiz deyishganida, yaxshi futbolchining narxi ancha qimmat turadi deganman (kulib).


-  Ayni damda “Dordoy”da qanday yangiliklar bor?

-  Hozir jamoam ancha yaxshi tarafga o'zgargan. Klubga yangi murabbiy kelgan Aleksandr Krestinin. Hozircha raqiblar darvozasiga 14ta gol urib to'purarlar reytingida ikkinchi o'rinda turibman.

-  “Dordoy”da yaratilgan sharoitlar sizni qoniqtiryaptimi?

-  Albatta, futbolchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. CHempionat ham qiziqarli, lekin biznikichalik emas. O'zbekiston chempionati Qirg'iziston chempionatiga qaraganda kuchliroq. Bu erda 3ta jamoa qolganlarga qaraganda nisbatan kuchli.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика