So’nggi yangiliklar

02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  7 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  1 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  4 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  7 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0

Aliqulov: "Biz "Real"ga qarshi o'ynamadik..." Yangiliklar

Aliqulov: "Biz "Real"ga qarshi o'ynamadik..."

"Nasaf" o'z tarixida 3-bor O'zbekiston kubogini qo'lga kiritganidan keyin jamoa etakchisi Husniddin Aliqulovning final haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

— Qatorasiga 2-marta kubokka ega chiqdingiz. Qanaqa hissiyotlar o'tyapti?

— Juda ham xursandman. Kayfiyat alo. Bunga erishish oson bo'lmadi. Barcha muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. 

— Final haqidagi fikrlaringiz qanday?

— O'yin ajoyib muhit ostida o'tdi. SHunaqa atmosferani yaratib bergan muxlislarga tashakkur. Raqibni yaxshi o'rgangan edik. SHu boisdan barcha vaziyatlarda etibor bilan o'ynadik.

— "Navbahor"ning asosiy ijrochilariga deyarli imkoniyat berilmadi. Murabbiy kim bilandir individual tarzda o'ynashni aytganmidi?

— Yo'q, hech kimni personal ravishda qo'riqlash topshirilmagandi. Biz "Real Madrid"ga qarshi o'ynamadik. SHuning uchun bunga hojat ham yo'q edi.

— 2-taym oxirida hujumga chiqib ketdingiz. Bu ishni "Nasaf"ni natija qoniqtirmayotgan pallalarda doimiy ravishda qilasiz. Buncha mahorat qaerdan?

— Bu jarayon ustida mashg'ulotda ishlagan edik. Menda gol urish xohishi judayam kuchli. Istalgan ishni ishtiyoq bilan qilsangiz, natijaga erishish oson bo'ladi. 

— Muxlislar yarim tun bo'lishiga qaramay, jamoani Qarshida ajoyib tarzda kutib olishdi (video). Bunaqa atmosfera istalgan futbolchining orzusi bo'lsa kerak...

— Ha, shaharga kirib kelganimizda muhit ajoyib edi. 10 mingga yaqin odam bizni ko'chada kutib oldi. Hokim bobomiz ham futbolga yaxshi etibor beryaptilar. Ularning barchasiga rahmat.

— "Nasaf" tarixidagi birinchi chempionlikka juda yaqin turibsizlar. 3ta o'yin qoldi. Qaysi raqib nisbatan murakkabroq?

— Menimcha, uchchala o'yin ham qiyin o'tadi. Eng murakkab raqib sifatida "Olimpik"ni ko'rsatgan bo'lardim.

— Sizga "Paxtakor" qiziqayotgani haqida aytishdi. Rostan ham "sherlar"dan taklif bo'ldimi?

— Men hozir takliflar bilan qiziqayotganim yo'q. Bor etiborim chempionatga qaratilgan. Xudo xohlasa, Superligani ham yutaylik. Ana undan keyin takliflarni o'rganishimiz mumkin...

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика