So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Ali Adnan: "Iroq uchun jahon chempionatiga chiqadigan vaqt keldi" Yangiliklar

Ali Adnan: "Iroq uchun jahon chempionatiga chiqadigan vaqt keldi"

Iroq terma jamoasi azosi Ali Adnan FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi.

"Hamma yaxshi biladi bizning mamlakat juda qiyin kunlarni boshdan kechirdi. Odamlar kechasi ko'chaga chiqishga qo'rqardi. Lekin 2007 yil Osiyo Kubogini yutgan paytimiz hamma tashqariga chiqib chempionlikni birga nishonlagandi. O'shanda men 13 yoshda bo'lib, ko'chadagi muhitni juda yaxshi eslayman". 

"Lekin bu endi o'tmish. Hozir esa biz yangi tarix yozishimiz kerak. Yangi tarixni jahon chempionatiga chiqib yozamiz. Hozircha saralashda hammasi yaxshi ketyapti. Beshta o'yin o'tkazib, umuman mag'lub bo'lmadik va guruhda birinchi o'rinda boryapmiz. Iroq terma jamoasi bungacha faqat bir marta, 1986 yil jahon chempionatiga chiqqan. Lekin bu safar yana shu ishni takrorlashga harakat qilamiz. Bizda jahon chempionatiga chiqish uchun hamma narsa bor, shu bois 2022 yil Qatarga borishimizga ishonaman", - deydi 6-raqamli futbolchi. 

Malumot uchun, Ali Adnan AQSHning "Vankuver Uaytkeps" klubida to'p suradi. Iroq terma jamoasi JCH saralash bosqichining keyingi bahslarini 31 mart Gonkong, 4 iyun Kambodja va 9 iyunda Eronga qarshi o'tkazadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика