Aleksis Sanches "Inter"da ko'proq o'yin amaliyoti olmoqchi
09 fev 2022 11:10
Yangiliklar
Aleksis Sanches "Inter"da ko'proq o'yin amaliyoti olmoqchi
Milanning "Inter" jamoasi Italiya Kubogi doirasidagi "Roma" (2:0)ga qarshi o'yinda g'alaba qozondi.
Ushbu o'yinda chililik forvard Aleksis Sanches juda chiroyli gol urdi. Hujumchi o'yindan so'ng mahalliy OAVga intervyu berdi.
"Biz Milan derbisida yaxshi o'yin ko'rsatdik, ammo mag'lubiyatga uchradik. Bu o'yin biz uchun dars bo'ldi. "Inter" o'ziga ishonadi, biz buni "Roma" bilan o'yinda isbotladik. Menga keladigan bo'lsak, maydonda ko'proq o'ynashni xohlayman. Qancha ko'p o'ynasam, shuncha o'zimni yaxshi his qilaman", - deydi chililik.
Hujumchi joriy mavsum "Inter" tarkibida 23ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 4ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar