So’nggi yangiliklar

10:53Бугун бўлиб ўтадиган "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси учун жамаоларнинг эҳтимолий таркиби  3 10:27Мареска Санчеснинг 3-дақиқада олган қизили ҳақида гапирди  1 09:55Хаби Алонсо "Реал Мадрид" тарихида фақат икки мураббий эришган муваффақиятни такрорлади  4 09:23"Манчестер Юнайтед" - "Челси" учрашувининг биринчи бўлими АПЛ тарихига кирди  1 08:41"Барселона" Маркус Рэшфорд борасида бир қарорга келди  2 08:07Суперлига. Бугун 22-тур якунланади  3 08:05МЛС. Мессининг иккита голи ва битта голли узатмаси "Интер Майами" жамоасига "Ди Си Юнайтед" устидан ғалаба келтирди  18 07:35Саудия Пролигаси. "Ал Насср"дан йирик ғалаба. Роналдудан дубл  6 06:55Суперлига. "Нефтчи" – "Динамо" 2:1   0 06:40Эксперт фикри. Абдуқаҳҳор Маъруфалиев: "Бухоро"да янги мураббий таъсири кўринди, Фарғонада тенг ўйин бўлди. Лекин..."   5 02:01А Серия. "Ювентус" "Верона"ни мағлуб этолмади, "Милан" эса йирик ҳисобда ғалаба қозонди   13 00:55Вадим Абрамов: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтира олмади"  2 00:50АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Челси"дан устун келди, манчестерликлар рақиб 10 киши бўлиб қолганда иккита гол уришди  63 00:31"Яхшигина "тўда" йиғилди. Сервер Жепаров - "Афсоналар кубоги" ва УЕФА мураббийлик лицензияси учун ўқиш ҳақида  2 00:06Вадим Абрамов: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтира олмади"  5

Aleksandr Xomyakov: "Umid qilamanki, Xebay mavsum oxirigacha klubda qoladi" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Umid qilamanki, Xebay mavsum oxirigacha klubda qoladi"

Coca Cola Superligasining 8-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Andijon" uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

Albatta, muvaffaqiyatga erishganimizdan xursandman. CHempionat peshqadamidan ochko tortib olish ancha qiyin bo'ldi. SHunga qaramay, yigitlarni tabriklayman, ular gol o'tkazib yuborganimizga qaramay, o'z vazifasini bajarishda davom etishdi. Ular shunday natijaga loyiq edi. 

- "Andijon" gol urganidan keyin himoyaviy o'yin ko'rsatishni boshladi. 1:1 hisobi natijadan qoniqish bilan bog'liqmidi yoki ko'rsatmangiz shundaymi?

- Aksincha, menga o'tkazib yuborilgan goldan keyin shunday tuyuldi. Biz ko'proq hujum qila boshladik va yana gol urishimiz mumkin edi. Birinchi bo'limdan so'ng shuni angladikki, agarda o'z jarima maydonchamizda passiv himoyalansak, gol o'tkazib yuborishimiz mumkin edi. Ha, raqib bizni ortga chekinishga majbur qildi. Lekin yana bir bor takrorlayman, 2-bo'limda oldinroqqa o'ynashga harakat qildik, menga shunday tuyuldi.

- Rubin Xebay haqida so'ramoqchiman. Uning birinchi davradagi yorqin o'yinidan keyin jamoani tark etish xavfi bormi? Agarda zaxira variantingiz bo'lsa, boshqa hujumchi bilan qanday o'yin qurishingiz mumkin yoki unga o'rinbosar qidirasizmi?

- Uning klub bilan shartnomasi mavjud. Umid qilamanki, u mavjud shartnomadagi majburiyatlarni hisobga oladi va bizni tark etmaydi. Bizda homiy bor, barcha qarzlar to'lanmoqda. Rubin mavsum oxirigacha jamoada qolishiga ishonaman. Etakchi o'yinchilarni qo'yib yuborganimizda, bu o'yin sifatiga va jadvaldagi o'ringa tasir qildi, shuning uchun men o'z navbatida murabbiy sifatida bu futbolchining jamoada qolishi va uning jamoaga foyda keltirishi uchun barcha ishni qilaman.

- SHerzod Esanov yoshlar terma jamoasining etakchilaridan biri, ammo u klubda tez-tez zaxiradan maydonga tushirilmoqda. Asosiy tarkibda uni kamdan-kam hollarda ko'rish mumkin, yoinki, u jamoaning hal qiluvchi o'yinchilaridan biri bo'lishi mumkin...

- Bilasizmi, agarda amaliy jihatdan qarasangiz, bizda barcha o'yinchilar shunday xislatga ega. Barcha maydonga chiqadi, ammo o'yinni kim boshlab, kim tugatadi? Esanov borasida to'g'ri aytdingiz, u yanvardan beri terma jamoa bilan birga edi. Biz uning imkoniyatlarini hamda kelajagi porloq o'yinchi ekanligini bilamiz. SHu bois, imkon qadar unga o'yin amaliyoti taqdim etish uchun harakat qilamiz. Asosiy tarkib futbolchisi bo'lish uning o'ziga bog'liq. Bizda barcha o'yinchi etakchilardan va ular maydonda o'z ishini bajaradi. 

- "Andijon"ning ikkinchi davradagi maqsadi qanday?

- Ikkinchi davra og'ir o'tishini sezib turibmiz. Biz, nihoyat, o'z stadionimizga qaytamiz va etakchilarga qarshi o'z maydonimizda kurashamiz. SHu bois, bo'shashmaymiz. Biz maqsadni yuqori qo'yganmiz, shuning uchun ushbu yo'lda sobit turishimiz lozim.

- Jamoani kuchaytirish rejasi bormi?

- Bu haqda hali gaplashamiz. Albatta, murabbiy sifatida bazi poziciyalarni mustahkamlamoqchiman. 

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика