Aleksandr Xomyakov: “Qora ananani buza olmayotganimizdan afsusdaman”
23 mar 2014 20:08
Yangiliklar


Aleksandr Xomyakov: “Qora ananani buza olmayotganimizdan afsusdaman”
Bugun bo'lib o'tgan “Mashal” – “Bunyodkor” (0:2) uchrashuvidan so'ng maydon egalari bosh murabbiyi o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Bugungi g'alaba bilan mehmonlarimizni tabriklayman. Bugun g'alabaga erisha olmadik va gol ham ura olmadik. Bu bilan biz juda qora ananani buza olmayapmiz va bundan afsusdamiz. “Bunyodkor” uchun qiyin taqvimdan foydalanib qolmoqchi edik , lekin buni uddalay olmadik. Rejalarimiz ish bermadi va o'tkazilgan birinchi gol zararimizga ishladi. Bizda bugungi ob-havo uchun faqat to'pni oshirib berish va yaqin masofada vaziyat yaratish kerak edi. Ikki jamoa ham bir xil maydonda o'ynadi va hech kim noliy olmaydi. Uzoqdan pas berish va gol urish bunday holatda eng maquli edi. Hamma o'yinda g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz va maqsadimiz ham shu. Biz uchta hujumchi bo'lib ham o'ynadik va zaxira o'yinimizni o'zgartira olmadi” , - deydi Aleksandr Xomyakov

Fikrlar