So’nggi yangiliklar

10:44"Манчестер Юнайтед" Германия терма жамоаси ҳужумчисини нишонга олди  0 09:53Месси шарафига "Камп Ноу"да унинг ҳайкали ўрнатилади  2 09:26Португалия терма жамоаси устози Роналдунинг қизили ҳақида фикр билдирди  7 09:20Испания терма жамоасининг собиқ бош мураббийи: "Бундай хатти-ҳаракатлари билан Ямал чўққида узоқ туролмайди"  3 09:00Мбаппе ушбу натижага эришган тарихдаги иккинчи футболчи  1 08:32Португалия ЖЧ-2026 га чиққан тақдирда Роналду биринчи турни ўтказиб юборади  2 08:06"Ал Айн Кубоги". Бугун терма жамоамиз Салоҳ бошчилигидаги Мисрга қарши баҳс олиб боради  5 07:41ЖЧ-2026 саралаши. Африка қитъасида ярим финал учрашувлари бўлиб ўтди  0 02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  18 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  1 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  1 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  3

Aleksandr Xomyakov: "Olimpik" butun o'yin davomida bizdan kuchliroq edi" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Olimpik" butun o'yin davomida bizdan kuchliroq edi"

Superliganing pley-off uchrashuvidan o'rin olgan "Olimpik" – "Mashal" (3:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida 

- Hammasini ko'rdingiz, "Olimpik" butun o'yin davomida bizdan kuchliroq edi. Bizga mahorat va xarakter etishmadi. Rejalashtirgan futbolimizni ko'rsatolmadik. Biz birinchi golni ura oldik, ammo afsuski, o'yinimiz juda yomon edi. "Olimpik" har taraflama bizdan kuchli ekanligni namoyish qildi. Ular bunga haqli ekanliklarini isbotlashdi, jamoaga Superligada omad tilayman! 

- "Mashal" jamoasi Superligada qolish uchun qulay imkoniyatga ega edi. Masalan, chempionat oxirgi turida "Surxon"ni yutishi mumkin edi yoki bugun ham nisbatan tajribali jamoa sifatida muvaffaqiyatga erisha olardi, ammo jamoa negadir ikkinchi raqam ostida va juda passiv harakat qildi. Bunga nima sabab bo'ldi? Murabbiylar shtabi futbolchilarni o'yinga tayyorlay olmadimi?

- Hozir ko'p narsani aytishim mumkin. Ochig'i, biz hech qachon birinchi raqamli jamoa sifatida o'ynamaganmiz. "Surxon" bilan bahsdan keyin ruhiy jihatdan kuchsizlandik. Biz u erda ijobiy natija qayd etishni istagandik, biroq o'xshamadi. SHundan so'ng keyingi uchrashuvga tayyorlanish uchun bizda 4 kun bor edi va aytganimdek, ruhiy taraflama tayyor bo'lish ilojsiz edi. "Olimpik" qarshi hujumda yaxshi o'ynashini inobatga olib, birinchi raqam ostida o'ynash mantiqsizlik bo'lardi. 

Maydon markazida juda sust o'ynadik. Ammo hech narsa o'xshamadi. Raqib bizga qaraganda tajovuzkorroq va tezkorroq harakatlandi. Ko'plab yakkakurashlarda mag'lubiyatga uchradik.

- Jamoangizning asosiy "quroli" Godvin CHika tarkibda ko'rinmadi. Bu nima bilan bog'liq edi?

- U jarohatda edi, o'zini noqulay his qildi. SHu bois murabbiylar shtabi bilan kelishgan holda uni qaydnomaga kiritmadik. 

Reyting: -16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика