So’nggi yangiliklar

14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  1 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  4 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   4 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  9 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  15 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  19 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13

Aleksandr Xomyakov: "Muxlislarimizni xursand qilishni juda-juda xohlagandik" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Muxlislarimizni xursand qilishni juda-juda xohlagandik"

“Navbahor” – “Andijon” (1:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida “Burgutlar” bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov qatnashdi.

-  O'yin haqida fikrlaringiz. Sizningcha, uchrashuv qanday o'tdi?

-  Avvalo, muxlislarimizga o'zimning chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Ular butun o'yin davomida bizni to'xtatmasdan qo'llab-quvvatlab turdilar. Afsuski, bizga muxlislarimizni xursand qilish nasib qilmadi. Holbuki, biz ularni xursand qilishni juda-juda xohlagandik. Mag'lubiyatga uchradik. Ammo biz boshqacha xohlagandik, ko'p narsalarni rejalashtirgandik. Ammo o'ylagan rejalarimiz amalga oshmay qoldi. Tan olaman, uchrashuvning katta qismida biz himoyaga asosiy urg'uni qaratdik. Qarshi hujumlardan foydalanishga harakat qildik. Biroq bunday vaziyatlar kamroq bo'ldi. Qarshi hujumda bitta yaxshi imkoniyat bo'lgandi, foydalana olmadik. 

-  “Andijon” safarda ikki marta g'alaba qozondi va yaxshi taassurot qoldirdi. Mezbon sifatida Farg'onada o'ynayapti. Lekin “Istiqlol” stadionida bunday holatni ko'rmayapmiz. Jamoangiz u erga moslasha olmayaptimi? 

-  Biz raqibga qarab o'yin taktikasini tanlaymiz. Farg'onada mezbon sifatida o'ynayotganimizda ochiqroq futbol ko'rsatishga harakat qilyapmiz. Bu erda jamoalarning kuchlarini ham to'g'ri qabul qilish kerak, deb o'ylayman. Bungacha “Navbahor” o'z uyidagi uchta uchrashuvda yirik hisoblarda g'alabaga erishgandi. Bunday raqiblarga qarshi holatga qarab o'yin taktikasini tuzamiz. Hujumkor futbolni tashkil qilish doim ham samara bermaydi. Raqibni kuchidan va yana boshqa jihatlaridan kelib chiqib, o'yin tashkil qilamiz. O'zimizni ham kuchli va kuchsiz jihatlarimiz mavjud. Bugun kuchli taraflarimizni hisobga olib o'ynashga harakat qildik. Raqibni xato qilishga majburlashni ko'zlagandik. Ammo bu ham unchalik o'xshamadi. Bugun ham “Navbahor”ning o'yinidan kelib chiqqan holda o'yin tashkil qilgandik. Albatta, uyda devorlar ham yordam beradi, degan naql bor. Bazida omad ham yuz o'girdi. Tezroq o'z maydonimizga qaytib, ishqibozlarimiz ko'z o'ngida o'ynashimizni istayapmiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика