So’nggi yangiliklar

03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  0 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  38 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  5 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  63 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  11 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  11 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  28

Aleksandr Xomyakov: "Hammasi rejamiz bo'yicha ketdi" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Hammasi rejamiz bo'yicha ketdi"

"Metallurg" ustidan qozonilgan yirik g'alabadan (5:0) so'ng "Andijon" ustozi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Aleksandr Xomyakov: "Ishonchli g'alabaga erishdik, etarlicha gol urishga muvaffaq bo'ldik. O'yindan ko'nglim to'ldi. Yigitlar yaxshi taassurot qoldirishdi. Taktika bo'yicha to'g'ri o'ynadik. Oson bo'ldi deya olmayman, "Metallurg"ning kuchli va kuchsiz tomonlari bor. Tezkor gol urganimiz bizga katta foyda berdi. Futbolchilar ko'rsatmalarimni aniq bajarishdi. Bu g'alabani muxlislarga bag'ishlaymiz.

- Bugungi bahsda yirik hisobdagi g'alaba bo'lishini kutganmidingiz?

- Doimo g'alabani maqsad qilamiz. Katta etibor o'yinning dastlabki 10 daqiqasida qaratilgan edi, shu vaqt ichida gol urishga harakat qilgandik va buni uddaladik. Hammasi rejamiz bo'yicha ketdi.

- Rubin Xebay haqida nima deya olasiz?

- Bugun yigitlar u uchun o'ynashdi, u yigitlar uchun o'ynadi. Xebayni ajratib ko'rsatsam bo'ladi. Uning o'yini o'xshadi va bundan xursandman. Barcha futbolchilardan ko'nglim to'ldi.

- "Andijon" qachon o'z stadionida o'ynaydi?

- Bu borada aniq javob bera olmayman. Stadionda ishlar ketyapti, biz ham tezroq o'z arenamizda o'ynashni xohlaymiz. May oxirida deyishgandi. Andijonda muxlislarning qo'llab-quvvatlashi yanada kuchli bo'ladi, ammo hozir ham ular borini berib bizni oldinga chorlashmoqda.

- "Metallurg" so'nggi turda AGMKni yutdi, ammo bugun mag'lub bo'ldi...

- Har bir jamoani kuchli va kuchsiz tomonlari bor. "Metallurg" yomon jamoa emas, ular hali ko'pchilikning "qonini ichadi".


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика