So’nggi yangiliklar

07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  3 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  2 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  26 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  84 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  12 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  25

Aleksandr Xomyakov: "Balki Ro'ziqul Berdiev oldindan "Andijon" bilan tushishini sezgandir" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Balki Ro'ziqul Berdiev oldindan "Andijon" bilan tushishini sezgandir"

"Andijon" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov yangi mavsumga tashlangan qura tashlash marosimidan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Malumot uchun, jamoa dastlabki turni mehmonda "Nasaf"ga qarshi o'tkazadi. 

"Men quradan avval hech nima kutmagan edim. Buning uchun hech qanday reja ham o'ylamagandim. Birinchi turda “Nasaf” bilan o'ynaydigan bo'ldik. Bahorda hammada imkoniyatlar bir xil bo'ladi. SHuning uchun kimga qarshi to'p surishimizni farqi yo'q. Ikki o'yinimiz safarda o'tadi, mayli hech qisi yo'q., - deydi Aleksandr Xomyakov

- "Andijon"da oxirgi marotaba 2020 yil ishlaganingizda ham mavsum shunday boshlangandi, yani ketma-ket ikkita o'yin safarda. Ikkinchi tur "Nasaf"ga qarshi kechgandi...

- Ha, dastlabki ikkita uchrashuv safarda bo'lgandi. “Lokomotiv” hamda “Nasaf”. Keyin uyda “Navbahor” bilan o'ynaganmiz. Albatta, bu o'tmishda bo'lib o'tgan. Hozirgi holatni u davr bilan tenglashtirdib bo'lmaydi, hammasi yaxshi bo'ladi.

- Ro'ziqul Berdiev ikki marotaba "Andijon"ning uchrashuvini kuzatdi...

- Balki oldindan sezgandir (kuladi).  Aslida har bir murabbiyiga raqib jamoaning o'yinlarini kuzatish qiziq bo'ladi. Kimning qanday imkoniyatga egaligini ko'rishlari tabiiy. Bu erda hech qanday taajjublanish yo'q

- Demak quradan qoniqdingiz?

- Albatta, nega qoniqmaslik kerak? Hammasi joyida.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика