So’nggi yangiliklar

21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  0 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  29 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  3 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  42 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  1 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  5 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  13 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  20 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0

Aleksandr Volkov: "Juda ham hunuk golni o'tkazib yubordik" Yangiliklar

Aleksandr Volkov: "Juda ham hunuk golni o'tkazib yubordik"

"Bunyodkor" - "Al Hilol" (0:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida maydon egalari bosh murabbiyi Aleksandr Volkov ishtirok etdi.
"Aslida raqibdan shiddatliroq o'yin kutgan edik. Ularni qarshi hujumdan foydalanishlarini bilar edik. Lekin gol... Juda ham hunuk golni o'tkazib yubordik", - deydi Volkov.

- Bugun raqibni aniq hujumlari bilan o'z jarima maydonchasi ichida "bosib" tashlashingiz mumkin edi. Lekin o'yinchilarda shiddat bo'lmadi...

- Mashg'ulotlarda uradigan gollarimizni ko'rsangiz edi. Eh... Futbolchining ongida futbolni rivojlantirish kerak. Qanday vaziyatda, qanday harakat qilish lozim.

- Oleksandr Pishur va Hayrulla Karimov bugungi OCHL talabi darajasidagi o'yinchilarmi?

- O'yin oldidan ular ham biz bilan birga tayyorgarlik ko'rishadi. Ammo nima uchundir maydonga tushganda oqsash bo'lyapti.

- Futbolchilar hujumni boshlashyapti-yu, ammo to'xtab qolishyapti. Natijada arablar 10 kishi bo'lib himoyani jipslay olyaptilar.

- Mashg'ulotlarda bu haqda ko'p bora gapiramiz. SHuning uchun ham himoyachilar o'rniga yarim himoyachilarni tushirdim. Yopiq o'ynayapmiz. Nima ham qila olardik?

- "Bunyodkor" jamoasi hujumchilarining foydali ish koefficienti "0"ga teng bo'lyapti. OCHLda bo'lmasada, oliy ligada yangi hujumchilarni sinash mumkin emasmi?
- Birinchi davradan keyin bu borada ish olib boramiz. Ammo ichki zaxiramizda asosiy tarkibga tortadigan o'yinchi yo'q. Bor o'yinchilarimiz shu.

- "Bunyodkor" va boshqa klublarda ham ko'ramiz. Nima uchun murabbiylar qariya o'yinchilarga ishonishda davom etasizlar. Hammaning gapi bir, ularda tajriba bor.
- O'rinbosarlarimiz safida ham, birinchi liga jamoasida ham yaxshi himoyachi yo'q. Yosh bo'lgan yaxshi himoyachi esa qimmat turadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика