So’nggi yangiliklar

00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  0 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  23 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  1 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1 19:502024 йил ёзининг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Мавсум улар учун қандай ўтди?   1 19:22"Тоттенхэм" "Арсенал"ни майдон марказидан урилган гол эвазига ютди  0

Aleksandr Mochinov: Osiyo CHempionatida kuchsiz raqibning o'zi yo'q Yangiliklar

Aleksandr Mochinov: Osiyo CHempionatida kuchsiz raqibning o'zi yo'q

Bugun Bankokdagi Golden Tulip mexmonhonasida U-16 Osiyo CHempionati S guruhida ishtirok etadigan terma jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida o'yinoldi matbuot anjumani o'tkazildi.
O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov o'yinoldi matbuot anjumanida bugun Tailandda start oladigan Osiyo CHempionati bahslarida barcha jamoalar teng kuchli ekanini aytib o'tdi.

Biz musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik deb o'ylayman. Ertaga ilk o'yinimizni Nepalga qarshi o'tkazamiz. Bunday musobaqadagi ilk o'yin doimo qiyin kechadi. Ertaga, yarim himoyachimiz Suhrob Nurulloev diskvalifikaciya tufayli bizga yordam bera olmaydi, ammo uning yo'qligini boshqa futbolchilar maydonda bilintirmaydilar deb umid qilaman, - deydi Mochinov.

Guruhimizda qaysidir jamoani alohida ajratib ko'rsata olmayman. Osiyo futboli jadal suratlarda rivojlanmoqda. Osiyo CHempionatida esa kuchsiz raqibning o'zi bo'lmaydi. Barcha raqiblarimizni xurmat qilamiz. Ularning barchasiga musobaqada omad tilayman. Ular bilan maydonda ko'rishamiz, - deydi O'zbekiston o'smirlar U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi.

Terma jamoa bosh murabbiyi, shuningdek jamoaning musobaqaga tayyorgarligi etarlicha bo'lganini takidladi. Musobaqa oldidan terma jamoa Bokudagi xalqaro turnirda ishtirok etdi, shuningdek Turkiya va Malayziyada yig'inlar o'tkazdik. O'ylaymanki, bu yig'inlarning musobaqa davomida bizga foydasi tegadi.

Xabaringiz bor, O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi mazkur yosh toifasida amaldagi Osiyo CHempion hisoblanadi. Matbuot anjumanida musobaqani chempion maqomida boshlayotgan terma jamoa o'z oldiga qanday maqsad qo'ygani haqidagi savolga Mochinov quyidagicha javob berdi: Albatta, ikki yil avvalgi g'alabani takrorlash qiyin bo'ladi. O'tgan musobaqadagi g'alaba bizga bu safa ikki barobar kuch bilan o'ynashimizga turtki bo'ladi. Biz har bir raqibni xurmat qilamiz va har bir raqibga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz, - deydi Aleksandr Mochinov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика