Aleksandr Krestinin: "Yigitlar imkoni boricha harakat qilishmoqda"
11 noy 2023 21:01
Yangiliklar
Aleksandr Krestinin: "Yigitlar imkoni boricha harakat qilishmoqda"
Aleksandr Krestinin: "Navbahor"ni g'alaba bilan tabriklayman. O'yin qiyin o'tdi, chunki raqib kuchli futbolchilardan tashkil topgan jamoa hisoblanadi. Hujumdagi o'yinimiz biroz o'xshamadi. Vaziyatlar bo'ldi, ammo ulardan foydalana olmadik".
- Bugun jamoa yaxshi taassurot qoldirib, himoyaga yotib olmadi va futbol o'ynashga harakat qildi. Jamoangizga hujumlarni yakunlashda nima etishmadi deb o'ylaysiz?
- Nega bunday bo'lganini tahlil qilish lozim, mantiqan noto'g'ri qarorlar qabul qilindi. Hammasini ko'rib chiqamiz.
- Jamoadagi futbolchilardan ko'nglingiz to'lyaptimi?
- Men kimnidir yaxshi yoki yomon deya olmayman. Hozir tarkibda kim bo'lsa, ular bilan ishlayapmiz. Yigitlar imkoni boricha harakat qilishmoqda. Biror futbolchini yaxshi yoki yomon o'ynayapti demayman.
- Superliganing bu mavsumdagi darajasi haqida nima deya olasiz?
- Birinchi davra haqida hech narsa deya olmayman, chunki sababini bilasiz. CHempionat darajasi yaxshi, mavsum juda qiziq o'tmoqda.
- "Bunyodkor"ning ikkinchi davradagi eng yaxshi va eng yomon o'yini qaysi bahslar bo'ldi?
- Hali ikkita bahs bor, balki eng yaxshisi yoki eng yomoni hali oldindadir.
- Aleksandr Krestininning "Bunyodkor" bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi. Kelasi mavsum ham sizni jamoada ko'ramizmi?
- Bilmayman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar