So’nggi yangiliklar

21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  0 21:30"Манчестер Юнайтед" Мактоминини қайтармоқчи  0 21:08УЕФАдан яна бир бор Исроилни барча турнирлардан четлатишни талаб қилишди  2 20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  0 20:28Пьер-Эмерик Обамеянг: "Бу жуда катта хато бўлганди"  1 19:57АҚШ ФИФАга Кеннеди марказини 2026 йилги ЖЧ қуръаси учун бепул тақдим этади  0 19:34"Бавария" Меньян учун "Челси" билан рақобатлашади  1 19:07Интизом — энг муҳими. Аморим МЮда қатъий қоида жорий қилди  0 18:41Қозоғистон клублари Левченко, Абрамов ва Кападзега қизиқмоқда  17 18:14Салоҳ етакчилигидаги Миср Ўзбекистон билан ўйинга тайёрланмоқда  11 17:52Расман: Манчини Қатар клубида иш бошлади  1 17:30Франция бугун масалани ҳал қила оладими ва Грузиянинг сўнгги имкони! Барчаси терма жамоаларнинг топ ўйинлари ҳақида  0 17:10Мисрлик журналист: "Ўзбекистонга қарши учрашув Африка Кубоги учун услубни синовдан ўтказиш имконияти дегани. Салоҳ Месси эмас"  2 16:46"Реал" стадиони номига ўзгартириш киритди  8 16:20Кристенсен: "Умид қиламанки, "Барселона"да қоламан. Менда Б режа йўқ"  1

Aleksandr Krestinin: "Tarkibni aniqlash - murabbiylar shtabining ishi" Yangiliklar

Aleksandr Krestinin: "Tarkibni aniqlash - murabbiylar shtabining ishi"

Superliganing 21-turida "Qizilqum" bilan durangdan keyin "Bunyodkor" bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Oson bo'lmadi. Ayrim futbolchilarning salomatligi sababli bu bahsga bir qancha muammolar bilan etib keldik. SHu sababli bugun futbolchilarning o'yinga o'zlarini baxsh qila olishi, xarakteri kabi hususiyatlarga tayandik. Ha, xatolar bo'lib turibdi. Buning ustida ishlayapmiz. Bugun qo'limizdan kelgancha kurashdik.

- "Bunyodkor"ga kelgan ilk paytingizda Umid Sultonov haqida iliq fikr bildirmagandingiz. Bugun aynan u jamoani mag'lubiyatdan qutqardi. Bu murabbiy tomonidan o'yinni kuchaytirish uchun qilingan o'zgarishmidi yoki tavakkallikka qo'l urildimi?

- Bu erda konstruktiv tanqid bo'lgandi. Savol berildi, javob qaytarildi. U har kuni jamoa bilan shug'ullanadi. Bugun u muvaffaqiyatli o'yinga qo'shildi, gap yo'q. Biz hech kimni tanqid qilmaymiz, ayniqsa, matbuot anjumanida. Siz o'shanda uning o'yinda yaxshi yoki yomon o'ynaganini so'ragansiz. Barchasi bo'lib turadi. Bu erda hech qanday muammoni ko'rmayapman va biz hech kimni tanqid qilmaymiz.

U yaxshi shug'ullanyapti, shu sababli u zaxiradan o'yinga qo'shildi. Maydonga tushirayotganda odatdagidek, futbolchilarning holatiga ahamiyat beramiz. Bu normal holat.

- Marchich qachon maydonga qaytadi?

- Yo'q, u hali mashg'ulotlarga qo'shilmadi. 21 oktyabrgacha uning mashg'ulotga qaytishiga umid qilib turibmiz. 

- Suhrob Sultonov jarohat olganmi? Nega u asosiy tarkibda ko'rinish bermayapti?

- Bu murabbiylar shtabining qarori, Sarvar Karimov maydonga tushyapti. Navbatdagi o'yinda kim o'yinga tushadi, hozircha bilmayman. Yo'q, u jarohat olmagan, barcha sog'lom. Bugun shunday, ertaga boshqacha bo'lishi mumkin. Bu erda gap raqobatga borib taqaladi. 

- Yoki u eng yaxshi jismoniy holatida emasmi?

- Siz uning personal muxlisimisiz? U yaxshi holatda, yaxshi mashg'ulot o'tkazmoqda. Nima u xato qilmaydimi? U ham, Sarvar ham xato qiladi. Faqatgina mening rafiqam xato qilmasligi mumkin, chunki u futbol o'ynamaydi. Futbol - xatolarga boy o'yin. Bizda bu borada muammo yo'q. Tarkibni aniqlash - murabbiylar shtabining ishi. Barchaga bir xilda imkoniyat berilmoqda.

- Bugun "Bunyodkor" ikki ochko yo'qotdimi yoki bir ochko ishlab oldimi?

- Bunday kriteriyaga odatda, ahamiyat bermayman. CHunki endi hech nimani o'zgartirib bo'lmaydi. Yutishimiz ham, yutqazishimiz ham mumkin edi. Barchasini boricha qabul qilamiz. 

- "Olimpik"ka qarshi o'yinga qanday tayyorlanasiz?

- "Qizilqum"ni o'rganib chiqqanimiz kabi "Olimpik"ni ham taxlil qilamiz. Keyinchalik o'yinga qanday tayyorlanishni o'ylaymiz va qaror chiqaramiz.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика