So’nggi yangiliklar

19:07Интизом — энг муҳими. Аморим МЮда қатъий қоида жорий қилди  0 18:41Қозоғистон клублари Левченко, Абрамов ва Кападзега қизиқмоқда  4 18:14Салоҳ етакчилигидаги Миср Ўзбекистон билан ўйинга тайёрланмоқда  2 17:52Расман: Манчини Қатар клубида иш бошлади  1 17:30Франция бугун масалани ҳал қила оладими ва Грузиянинг сўнгги имкони! Барчаси терма жамоаларнинг топ ўйинлари ҳақида  0 17:10Мисрлик журналист: "Ўзбекистонга қарши учрашув Африка Кубоги учун услубни синовдан ўтказиш имконияти дегани. Салоҳ Месси эмас"  1 16:46"Реал" стадиони номига ўзгартириш киритди  4 16:20Кристенсен: "Умид қиламанки, "Барселона"да қоламан. Менда Б режа йўқ"  1 15:51Жеррард Англия жамоаси бошқарувига келиши мумкин  0 15:27Ўзбекистонлик ҳакамлар Португалия – Бельгия баҳсида ишлайди  2 14:53Ҳоланд, Нету, Винисиус Европанинг энг тезкор футболчилари қаторидан жой олди  4 14:25Мбаппе Упамеканони "Реал"да кўришни хоҳлайди  1 13:58"Челси" собиқ футболчиси юрак муаммолари туфайли касалхонага ётқизилди  0 13:32Ўзбекистон – Миср учрашуви дуранг билан якун топса, экстра таймларга мурожаат қилинадими?  3 13:05Ўзбекистон МТЖ иштирокидаги мусобақа ТВда кўрсатиладими?  6

Aleksandr Krestinin: "Hujumda agressiv harakat qila olmadik" Yangiliklar

Aleksandr Krestinin: "Hujumda agressiv harakat qila olmadik"

Coca Cola Superligasi 20-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Surxon" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- Bugun juda qiyin o'yin bo'ldi. Uchinchi zonada keraklicha agressiv o'ynay olmadik. Vaziyatlarga ega bo'ldik, to'pni nazorat qildiq. Bitta epizod o'yin taqdirini hal qildi. O'z vaziyatimizdan gol ura olmadik. Raqib esa birgina vaziyatdan foydalanib ketdi.

- Jamoa bor energiyasini "Nasaf"ga ishlatgandek tuyildi. Bu ayniqsa birinchi bo'limda sezildi. Bu fikrga qanday qaraysiz?

- Yo'q, yo'q. Gap energiyada emas. Uchinchi zonadagi o'yinimizga ko'p narsa bog'liq bo'ldi. Birinchi va ikkinchi hududda biz yaxshi harakat qildik, uchinchi zonada esa agressivlik etishmadi. Bu erda energiya haqida gap bo'lishi ham mumkin emas.

- Marchich maydonga tushganda "Bunyodkor" hujumkorroq o'ynaydi. Bugun u yo'qligi sabablimi, maydon markazidan hujumni boshlaydigan o'yinchi topilmadi...

- Bizda ko'p o'yinchilar etishmayapti. Kimdir jarohatda, yana kimdirda boshqa muammo. Milan jamoaga ko'p yordam beradi. Himoyada ham, hujumlarni boshlashda ham. Boshqa o'yinchilar ham jamoada muhim o'rin tutishadi. Yana bir jihat shundaki, gap maydon markazidagi o'yinchilarda emas, gap hujumchilarimizda. Albatta, Milan bugun bizga etishmadi. Bugun g'alaba qozonishni uddalay olmadik.

- Bugun ham vaziyatlardan foydalinishda muammo bo'ldi, gol kiritishning imkoni bo'lmadi. O'tgan o'yinda ham shunga o'xshash muammo bo'lgandi. Bu nima bilan bog'liq?

- O'tgan o'yinda reja boshqacha bo'lganda. Biz o'shanda birinchi raqamda o'ynashni rejalashtirmagandik. Hujumchilarning uchinchi zonada o'ynashi futboldagi eng qiyin ish. Bu joyda aniqlik, ochila bilish, vaziyatlardan foydalanish – hamma narsa kerak bo'ladi. Yana qaytaraman, hujumda agressiv harakat qila olmadik.

- Usmonali qulay vaziyatga ega bo'lganida, baribir uning hujumchi emasligi pand berdi. To'g'ri, o'tgan o'yin u "Nasaf"ga qarshi vaziyatni hal qilgandi, ammo bu safar uning maydonga tushirilishi qanchalik to'g'ri bo'ldi?

- Usmonali hujumchik. Transfermarkt'ni tekshiring, u hujumchi. Usmonali himoyada o'z xohishi bilan o'ynamagan. Men u bilan gaplashganman, u aslida himoyachi emas. Biz uni himoyada sinab ko'rmaymiz. Vaziyatdan foydalana olmagani? Bilmadim, u o'zini hujumchi deb ataydi. O'tgan o'yinda ham gol urdi. Qaerda himoyada o'ynagan bo'lsa ham o'zi istaganidan o'ynamagan.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика