So’nggi yangiliklar

00:35Жюль Кунде терма жамоа йиғинларидаги образи бўйича бирдирилган танқидларга жавоб берди  0 23:55Иньеста "Барса" ва "Реал" рақобати чўққига чиққан пайтда Испания термасидаги муҳит ҳақида гапирди  0 23:26Эрлинг Холанд Габриэлнинг бошига тўп улоқтирганидан афсусланмаслигини айтди  0 22:38Эрон терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан ўтказган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  8 22:19Дисквалификация муддати қисқарган Поль Погбанинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  3 21:38Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" машғулот базасида баланд девор қурдирди. У машғулотларини бегона кўзлардан беркитмоқчи  8 21:10Жозе Моуринью Арда Гюлерни жамоасига олиб келмоқчи  4 20:47Россия термаси октябрь ойидаги ФИФА кунларида ўйин ўтказмайди. Ўйинчилар очиқ машғулот ўтказиб, клубларига қайтишади  13 20:21Расман: "Сўғдиёна" жамоанинг асосий ўйинчиси билан шартномани узайтирди  5 19:56Англия футбол ассоциацияси Пакетани футболдан умрбод четлатишга чақирмоқда  6 19:31Шайхлар "Сент-Жеймс Парк" стадионини реконструкция қилиш учун 1 млрд фунт сармоя киритади  1 19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  1 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  25 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   9 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  6

Aleksandr Geynrix: "Osiyo chempioni bo'lgan davrimiz bo'ldi. Yana qachon shunday bo'ladi?" Yangiliklar

Aleksandr Geynrix: "Osiyo chempioni bo'lgan davrimiz bo'ldi. Yana qachon shunday bo'ladi?"

Xabiringiz bor, kecha O'zbekiston terma jamoasi yulduzlari Italiya A Seriyasi afsonalariga qarshi o'yin o'tkazishdi.

3:2 hisobida vakillarimiz foydasiga hal bo'lgan xayrlashuv uchrashuvidan keyin O'FA matbuot xizmati O'zbekiston futbolining yaqin o'tmishdagi yulduzi Aleksandr Geynrix bilan intervyu uyushtirdi.

- Italiya A Seriyasi afsonalariga qarshi kechagi o'yin shaxsan siz uchun qanday o'tdi? Futbolchilik davringizdagi atmosferani his qildingizmi? 

- Jonajon "Paxtakor" stadioniga qaytish va u erda to'p tepish yoqimli bo'ldi, albatta. SHuncha muxlis keldi va bizni qo'llab-quvvatlab turdi, bundan baxtiyorman.

O'yinga kelsak, o'zingiz hammasini ko'rdingiz. Gapirib berishga hojat yo'q (kuladi). Atmosfera super edi, tashkilotchilik alo darajada. Buni italiyalik afsonalar ham takidlashdi. Ayniqsa, mehmondorchilik zo'r bo'lgan. Ular 2-3 kun oldin kelgani bois palov tanovvul qilishga ham ulgurishibdi.

- Siz xayrlashuv uchrashuvi uchun Toshkentga kelishga darhol rozilik berdingizmi?

- Ha, albatta. Hech qanday muammolarsiz bunga rozilik berdim. Yana qachon bunday futbolchilar bilan o'ynash nasib qilardi.

- O'z davrining eng etakchi futbolchisi, chiroyli gollar urgan va uni o'zgacha tarzda nishonlagan Geynrix hozirgi kunda nimalar bilan band?

- Ayni paytda vaqtimni Moskvada oilam bilan birga o'tkazyapman. SHuncha yil davomida futbol o'ynab, ko'plab safarlarda bo'ldim. Endilikda uyda oilam bilan birga bo'lish uchun tanaffusdaman. 

- Oxirgi ish joyingiz?

- So'nggi ish joyim Qozog'istonning "Aktobe" jamoasida edi.

- Kelajakdagi rejalaringiz qanday?

- Buni tez orada bilib olasiz.

- Aleksandr Geynrix O'zbekistonga murabbiy sifatida qaytishi mumkinmi?

- Ha, shunday ehtimol bor. 

- Bu tez orada sodir bo'ladimi?

- Bilasizmi, yaxshi futbolchi bu yaxshi murabbiy degani emas. Menda murabbiylik tajribasi yo'q. Bizning avlod vakillarini misol qilib olsak, ko'ryapsiz, kimdadir bu o'xshayapti, kimdadir yo'q. Men hech narsani bilmasdan turib murabbiy bo'lishni va shunchaki qoqilishni xohlamayman. Bir ishga kirishdimmi, uni yaxshi bajarishim kerak. Taklfilar bo'lgan, rad etganman.

- O'zbekiston terma jamoasi o'yinlarini kuzatib borasizmi?

- Albatta. Nafaqat terma jamoa, balki chempionat bahslarini ham kuzatib boraman. 

- Terma jamoamizning hozirgi holati xususida qanday fikrdasiz?

- Muhim uchrashuvlar yo'q, asosan, o'rtoqlik o'yinlari bo'lyapti. Yangi murabbiy jamoaga singdirgan yangiliklarni hozircha ko'rganim yo'q.

- Hujum chizig'imiz borasida nima deya olasiz?

- Hujumda "Roma" futbolchisi o'ynayapti. Tasanno deyman.

- "Paxtakor", CSKA va "Torpedo"dagi eng yorqin davrlaringizda Evropaning qaysi klublaridan takliflar bo'lgan? 

- 2-3 marta ko'rikda bo'lib qaytganman. Masalan, Germaniyaning "Boxum" klubida. Tilni bilmaganim uchun juda qiynalganman. Juda yosh edim. Yoshligingizda uydan uzoqqa ketsangiz, ortga qaytgingiz kelaveradi.

- 2003 yilgi yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida Xavi, Inesta kabi futbolchilarga qarshi o'ynagansiz. Nimalarni eslab qolgansiz?

- Bu eng yorqin lahzalar edi. Birinchi marta Jahon chempionatiga chiqqanmiz. Qiyin guruhga tushib qolgandik (O'zbekistonga "B" guruhida Argentina, Ispaniya va Mali raqiblik qilgan – tahr.). SHunday bo'lsa-da, mardonavor to'p tepganmiz. Barcha uchrashuvlarda yutqazgan bo'lsak-da, bizni qahramonlardek kutib olishgan. CHunki borimizni berib, munosib o'yin ko'rsatganmiz. O'shanda o'zimizdan faxrlangandik.

- Terma jamoa safidagi qaysi golingiz yodda qolgan?

- Muhim va muhim bo'lmagan gollar bo'lgan. Agar ajratish kerak bo'lsa, g'alabali golni ko'rsatish kerak. CHunki chiroyli gol ursangiz, ammo jamoangiz mag'lubiyatga uchrasa, hech kim eslamaydi. To'g'rimi? Bitta gol uring, jamoangiz yutsin, o'shanda hamma sizni etirof etadi.

Misol uchun, Argentinaga jarimadan urgan golim, Suriya darvozasini ishg'ol qilganim va "Paxtakor"da CHempionlar Ligasi doirasida urgan gollarim yodimda. 

- O'zbekistonga tez-tez kelib turasizmi?

- Yo'q, kamdan kam. Ayniqsa, pandemiyadan keyin shunday bo'lib qoldi. Ungacha do'stlarim bilan uchrashish uchun tez-tez kelib turardim. Kelganimda OAVda chiqmayman, shuning uchun bu erdaligimni hech kim payqamaydi.

- Joriy yil mamlakatimizda O'zbekiston futbolining 110 yilligi nishonlanmoqda. 110 raqami siz uchun nimani anglatadi?

- 110 – bu katta raqam. SHunchaki biz qaerga qarab intilyapmiz, maqsadimiz nima? Barchasini aniqlab olsak, hammasi oydinlashadi. Masalan, Osiyo chempioni bo'lgan davrimiz bo'ldi (2018 yilda U-23 terma jamoamiz Osiyoda tengsiz deb topilgan – tahr.). Yana qachon shunday bo'ladi? Oldinga intilish, o'sib borish lozim. Barcha muxlislar orzusi - Jahon chempionatiga chiqish. Qancha vaqt o'tdi, ammo hamisha bir qadam etmay qoladi. Bazida sariq kartochka, bazida bitta gol, penalti bekor qilinishi... bir nima xalaqit qilib qoladi. Qachondir bu to'siqlardan o'tishimiz kerak. Esimda, biz yoshlar o'rtasidagi JCHga chiqqanimizda hammasi o'z-o'zidan rivojlanib ketgan. Umid qilamanki, milliy terma jamoamiz albatta mundialga yo'l oladi.

Aleksandr Geynrixdan 2013 yilda olingan katta intervyu

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика