Aleksandr-Arnold jarohat olgani sababli Angliya kubogi chorak finalini o'tkazib yuboradi
18 mar 2022 21:23
Yangiliklar
Aleksandr-Arnold jarohat olgani sababli Angliya kubogi chorak finalini o'tkazib yuboradi
"Liverpul" himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold jarohat olgani sababli Angliya kubogi chorak finalida "Nottingem Forest"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.
"Trent son qismidan olgan jarohati tufayli safdan chiqdi, shu bois u terma jamoa safida ham o'ynamaydi. Bu biz uchun yoqimsiz xabar, uning qachon qaytishini vaqt ko'rsatadi", — dedi "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp.
Klopp himoyachining qachon safga qaytishiga ishonchi komil emasligini qo'shimcha qildi, biroq uning o'rnini Jeyms Milner yoki Jo Gomes egallashi mumkinligini takidladi.
"U almashtirib bo'lmas o'yinchi, ammo uning o'rniga variantlar bor" — dedi Klopp.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar