So’nggi yangiliklar

19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   0 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  1 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  8 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0 13:50Instagram орқали мураббий излаётган Ҳиндистон Хавига рад жавобини берди  14

Aleksandar Yankovich: "O'zbekistonga qarshi o'ynash biz uchun foyda keltiradi" Yangiliklar

Aleksandar Yankovich: "O'zbekistonga qarshi o'ynash biz uchun foyda keltiradi"

Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandar Yankovich ishtirokida O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik o'yini oldidan matbuot anjumani o'tkazildi.

"Qariyb bir haftadan beri mashg'ulot o'tkazyapmiz. Oxirgi o'yinni tahlil qildik. Biz bundan ham kuchliroq bo'lishni maqsad qilganmiz. Albatta, bo'lajak uchrashuvda g'alaba qozonishga umid qilamiz. 

Hech bir jamoa faqat bitta tarkib bilan o'ynamaydi, kamida ikkita asosiy tarkibni muvofiqlashtirish kerak, shunda ular ham bir tempda o'ynay oladi. Biz ham ikki xil tarkib shakllantiryapmiz. O'yinda uch markaziy himoyachi yoki to'rtta himoyachidan foydalanish vaziyatga qarab amalga oshiriladi.

Har bir jamoaning o'ziga xos xususiyatlari va zaif tomonlari bor. Ayni paytda O'zbekiston singari raqib bilan bellashish biz uchun juda foydali bo'ladi", — dedi serbiyalik mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, Dalyan shahrida o'tkaziladigan Xitoy va O'zbekiston o'rtasidagi uchrashuv soat 16:35 da start oladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика