So’nggi yangiliklar

19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  2 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  2 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  4 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  4 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  6 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  101 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  3 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1

Albaniyalik mutaxassis: "Xebay yaxshigina o'sishga erishdi" Yangiliklar

Albaniyalik mutaxassis: "Xebay yaxshigina o'sishga erishdi"

"Andijon" matbuot xizmati hujumchi Rubin Xebayning sobiq ustozi bilan suhbat uyushtirdi.

SHubhasiz, Rubin Xebay Superliga yulduziga aylana oldi. Uning uchun 2023 yilgi mavsum yorqin lahzalarga boy o'tdi. Eng yaxshi transferlardan biri sifatida o'zini mutlaqo oqladi. Superliganing eng yaxshi futbolchisi nafaqat O'zbekistonda, balki ona yurti – Albaniyada ham trendga aylandi. Uning nomi bizdagi kabi u erda ham juda ko'p tilga olinyapti. Qanday saviyadagi hujumchiligini isbotlagan futbolchi haqida Albaniyada nima deyishayotgani rosti biz uchun juda qiziq va muhim edi.  

Futbolchimizning eng yaxshi o'yinchiga aylangani haqida butun alban matbuoti bong urmoqda. Bu esa u erda hujumchimizga etibor hamda qiziqishni yanada oshirishi mubolag'asiz. Xo'sh, Xebayning Albaniya terma jamoasiga jalb etilish imkoniyati qanday? Boz ustiga, bu yil terma jamoa o'z tarixida birinchi marotaba Evropa chempionatida qatnashadi. "Andijon" matbuot xizmati ushbu masalaga jiddiy kirishgan holda Rubin Xebayni yaxshiroq biladigan alban mutaxassisini izlab topdi. 



Xebay "Andijon" klubiga kelguniga qadar Albaniyaning "Teuta" jamoasida to'p tepgan. Mazkur klubda unga bosh murabbiylik qilgan Renato Arapi bilan bog'landik. U o'z vaqtida Albaniya terma jamoasida faoliyat olib borgan va "Teuta" bilan sovrinlarni yutgan. 

Xebay bilan "Teuta"dagi faoliyati haqida  

"Ha, O'zbekistonga ketganidan beri men uni uzoqdan bo'lsa ham kuzatib boraman", – deya gap boshladi Arapi.

U bilan futbolchilik davrimdayoq “Teuta”da birga o'ynaganmiz. Men bilan jamoadosh edi, bir mavsumda 2 ta sovrin yutishga erishgandik. Rubin kelganidan keyin nafaqat men, barcha jamoadoshlarim bilan uning yuqori istedod egasi ekanligini sezganmiz. Muvaffaqiyatli o'yinlardan so'ng jamoasini almashtirdi va men murabbiy bo'lib ishlashni boshlaganimda yana tarkibimizga qo'shildi. Murabbiy bo'lganimdan so'ng klub prezidentidan Xebayni olib kelishni so'ragandim. CHunki ikki hujumchi bilan yaxshiroq natijalarga erisha olishimizga ishongandim. U nafaqat futbolchi, balki inson sifatida ham juda ajoyib. U kirishimli yigit va jamoada ichki muhitni bir maromda ushlashda katta foydasi tekkan.



Rubinning Albaniya terma jamoasiga chaqirilishi tarafdori

Albatta, mediada Rubin Xebay haqida ko'p gapirishadi va u bularning barchasiga munosib. Unda bor xususiyatlardan kelib chiqib, albatta milliy terma jamoada bo'lishi kerak, deb hisoblayman. Buni bir necha marta O'zbekistondagi o'yinlari bilan isbotlay oldi. Aminmanki, milliy jamoa murabbiylar shtabi uni va boshqa barcha albaniyalik futbolchilarni kuzatib borishmoqda, chunki hozirda milliy terma jamoamizda mening fikrimcha, hozirgacha bo'lgan davrlardagi eng kuchli mutaxassislar jamoasi ishlamoqda.

Milliy termaning ilk bor Evropa chempionatiga yo'l olgani va raqobat to'g'risida

Albatta, butun alban xalqi ushbu muvaffaqiyatdan juda xursandmiz. Tarixda birinchi marta saralash guruhimizni birinchi o'rinda yakunladik. Milliy jamoadagi hujumchilar etishmovchiligini inobatga olgan holda Xebay jamoaga jalb etilishi kerak, deb hisoblayman. Murabbiy sifatida uning foydasiga ishlamaydigan bir jihatni aytib o'tgan bo'lardim. Milliy jamoamizdagi uslubga ko'ra bizga tezkor hujumchi kerak bo'ladi. CHunki juda kuchli raqiblarga qarshi bahs olib boramiz. Himoyada yaxshi blokni hosil qilib, tezkor hujumlarga o'tishimiz kerak. Boshqa tarafdan u uchun terma jamoada juda katta raqobat mavjud. Negaki, hujumchi rolida unga “CHelsi” futbolchisi Armando Broya raqobatchilik qiladi.



Futbolchimizning gollari hamda imkoniyati xususida

Ha, uning ko'plab gollarini ko'rdim. Imkoniyatlarini bilgan holda aytishim kerakki, Xebay ushbu mavsumda haftadan haftaga yaxshigina o'sishga erishdi va kelajakda ham shu taqlid davom etadi. Tez orada uni milliy terma jamoada ko'rishga umid bog'layman, chunki Rubin bunga munosib. Ochig'i, Xebay 13-titulini qo'lga kiritishi haqida eshitganimda juda xursand bo'ldim. Men ham milliy terma jamoaning bir qismi bo'lganman. Futbolchilik faoliyatimni yakunlagach, “Teuta”da murabbiylikni boshladim. Saudiya Arabistonida ham yordamchi murabbiy sifatida ishladim”, - deya so'zini yakunladi, alban mutaxassisi. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика