"Al Vihdat" bosh murabbiyi: "Nasaf" katta jamoa"
26 apr 2022 18:05
Yangiliklar
"Al Vihdat" bosh murabbiyi: "Nasaf" katta jamoa"
Murabbiy "Nasaf" klubiga yuqori baho berdi. SHu bilan birga ular ham g'alaba uchun astoydil kurashashlarini bildirdi.
"Bu juda va juda muhim o'yin. "Nasaf" katta jamoa. Ammo biz g'alaba qozonib, o'zimizga kerakli natija qayd etishga harakat qilamiz. Barcha futbolchilarimiz ushbu o'yinda g'alaba qozonib, musobaqa guruh bosqichini yaxshi kayfiyatda tugatishni istashmoqda."Nasaf"ga qarshi o'yin yaxshi kechishiga ishonamiz. O'tgan o'yinni barcha ko'rdi. Biz guruh peshqadami bilan so'nggi daqiqada durang qayd etishga erishdik. G'alaba qozonishga astoydik harakat qilamiz. G'alaba qozonib keyingi bosqichga chiqishga umid bor. Har bir o'yinda jismoniy holatimiz va o'yinimiz ochilib bormoqda. Iordaniya chempionati hali boshlangani yo'q. OCHL musobaqasi bizga tayyorgarlik vazifasini bajarib beradi. Jismoniy holatimiz musobaqa boshlanganidan beri ancha yaxshilandi. "Al Faysali"ga qarshi o'yinda so'nggi daqiqalarda durang qayd etib, umidni saqlab qoldik", -deydi Rard Assaf.

Eslatib o'tamiz, juda muhim ahamiyat kasb etadigan "Al Vihdat" - "Nasaf" uchrashuvi 27 aprel kuni soat 22:15 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar