"Al Nassr" Ronaldu bilan shartnomani uzaytirish arafasida
17 apr 00:30
Yangiliklar


"Al Nassr" Ronaldu bilan shartnomani uzaytirish arafasida
Klub Kaysedoga qiziqish bildirmoqda, biroq "Chelsi" yarim himoyachini sotishni istamayapti.
"Al Nassr" klubi Krishtianu Ronaldu bilan shartnomani uzaytirish arafasida. Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, Ar Riyod klubi portugaliyalik hujumchiga moliyaviy shartlarni o'zgartirmagan holda "1+1" sxemasi bo'yicha kelishuv taklif qilishga tayyor - shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar ijobiy natija bermoqda. Ronaldu bilan amaldagi shartnoma esa iyun oyida tugaydi.
Shuningdek, "Al Nassr"ning Moyses Kaysedoga qiziqishi haqida ham xabar berilgandi. Biroq "Chelsi" 23 yoshli yarim himoyachini sotish niyatida emas - takidlanishicha, hozirda londonliklar ekvadorlik futbolchini unga to'langan 115 million funt sterlingdan ancha yuqori baholamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Чикагодаги Soldier Field стадионига 62 358 мухлис йиғилди — бу стадион тарихидаги энг юқори қатнашув кўрсаткичи!
Месси эффекти АҚШда…
???? @xayrulla_hamidov