"Al Nassr" Jon Duranni maydon tashqarisidagi muammolar tufayli ijaraga berishi mumkin
12 iyu 15:14
Yangiliklar
"Al Nassr" Jon Duranni maydon tashqarisidagi muammolar tufayli ijaraga berishi mumkin
Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi hujumchisi Jon Duran jamoani vaqtincha tark etish ehtimoli bor.
"Arriyadiyah" xabariga ko'ra, rahbariyat 21 yoshli kolumbiyalik futbolchini uning psixoemocional holati va texnik tayyorgarligi yomonlashgani bilan bog'liq shaxsiy sabablarga ko'ra ijaraga berish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Manbaga ko'ra, Duran shaxsiy muammolar uning maydondagi barqarorligiga tasir qilganidan xavotirda. Shu bilan birga, futbolchining "Al Nassr"dagi maoshi yiliga 22 million dollar atrofida.
Duran Saudiya Arabistoni klubiga 2024 yilning yanvarida "Aston Villa"dan 77 million evro evaziga o'tgan edi. Joriy mavsum u Saudiya Arabistoni chempionatida 13 o'yin o'tkazib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Shunga qaramay, hozircha uning ingliz klubiga qaytishi borasida muzokaralar olib borilmayapti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar