"Al Nassr" Modrichga rad etib bo'lmas maosh taklif qilmoqchi
25 jan 2023 00:55
Yangiliklar
"Al Nassr" Modrichga rad etib bo'lmas maosh taklif qilmoqchi
Luka Modrichning Saudiya Arabistoni chempionatiga ko'chib o'tishi borasidagi bir qancha malumotlar paydo bo'ldi.
Oldinroq futbolchiga Krishtianu Ronaldu harakat qilayotgan "Al Nassr" tomonidan qiziqishlar bo'layotgani aytilgandi. Saudiyaning "Okaz" nashri bayon qilishicha, Ar-Riyod klubi unga 2,5 yillik shartnoma va yiliga 40 mln evro maosh taklif qilmoqda.
Agarda "Real" qishda uni sotib yuborishni istamasa, "Al Nassr" futbolchini yozda erkin agent sifatida tarkibiga qo'shib olishga harakat qilib ko'radi. Ushbu mavsumda Modrich LaLigada 16 o'yinda qatnashib, 3 gol va 2 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar