So’nggi yangiliklar

07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  9 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  6 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  7 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  7 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  3 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4

"Lokomotiv" so'nggi daqiqalarda belgilangan penalti evaziga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

"Lokomotiv" so'nggi daqiqalarda belgilangan penalti evaziga mag'lub bo'ldi

OCHLning 3-turi doirasidagi "Al Ittihod" - "Lokomotiv" uchrashuvi matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.


"Al Ittihod" - "Lokomotiv" 3:2

Gollar: Nosir al-SHamroni (48, 1:0), Faxad al-Muvallad (49, 2:0), Iskanderov (70, 2:1), Rayevac (82, 2:2), Faxad al-Muvallad (90-pen, 3:2).

"Al Ittihod": 12. Assaf al-Qorniy, 2. Abdulloh al-Amar, 4. Yasin Barnavi, 14. Ziyad al-Saxafi, 5. Metyu Jurman, 49. Abdulrahmon al-Gamdi (8. Faxad al-Muvallad, 33), 35. Seku Sanogo, 6. Holid al-Samiri, 25. Nosir al-SHamroni, 77. Abdulaziz al-Bishi, 28. Essam al-Muvallad.

"Lokomotiv": 35. Javohir Ilyosov - 33. Oleg Zoteev, 88. Igor Yelich, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 28. SHuhrat Muhammadiev (24. Davronbek Hoshimov, 52) - 77. Diyorjon Turopov, 23. Yovan Jokich, 71. Arslanmurad Amanov, 10. Sardor Mirzaev, 17. Husniddin G'ofurov - 11. Timurxo'ja Abduxoliqov.

Zaxiradagilar: 12. Mamur Ikromov, 8. Jamshid Iskanderov, 9. Filipp Rayevac, 14. Azizbek Amonov, 19. Avazbek O'lmasaliev, 72. Boburbek Ergashev.

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. "Lokomotiv" nursiz o'yini bilan mag'lub bo'ldi.

GOL! al Muvallad penaltidan unumli foydalandi

90+2. Penalti, yana darvozamiz tomon

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90. O'zgarish. Al-SHamrani o'rniga Romarino maydonga tushdi.

82. GOOOOOOOLLLL!!! Rayevac o'z goli bilan hisobni tenglashtirdi. Ajooyiibb!!! Fyodorovning ikki o'zgarishi o'z samarasini berdi.

80. Islom To'xtaxo'jaevdan xatolar seriyasi. U to'pni tepib yubora olmadi, raqibini o'z jarima maydonchasi ichida yiqitdi. Yaxshiki, penalti yo'q.

77. O'zgarish. Al-Bishi o'rniga Karlos Vilyanueva maydonga tushdi.

74. O'zgarish. Abduxoliqov o'rniga Rayevac.

70. GOOOOOLLL!!! Iskanderov o'z goli bilan hisobni qisqartirdi.

69. O'zgarish. Turopov o'rniga Iskanderov maydonga tushdi.

65. G'ofurovning uzoq masofadan bergan zarbasi noaniq ketdi.

62. Diyorjon Turopovning qoshi yorilib ketdi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

59. Amanovning uzatgan to'pini Diyorjon Turopov qo'li bilan to'xtatdi.

57. Islom To'xtaxo'jaevning boshi bilan bergan zarbasini darvozabon ushlab oldi.

52. O'zgarish. Muhammadiev o'rniga Hoshimov.

49. GOL! Islom To'xtaxo'jaevdan "perevoz". Bundan al-Muvallad foydalanib ketdi.

48. GOL! Al SHamrani penaltidan gol urdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

"Al Ittihod" - "Lokomotiv" 0:0
Birinchi bo'lim statistikasi
Burchak zarbalari: 2 - 6
Zarbalar: 2 - 2
Aniq zarbalar: 2 - 1
To'pni ushlab turish %: 42 - 58
Follar: 2 - 5
Offsaydlar: 1 - 1
Seyvlar: 1 - 1

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

Ikkinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. Jokichning chalqancha uslubda bergan zarbasi noaniq ketdi.

40. O'yin juda zerikarli o'tmoqda.

36. Yelich qanotda o'yin qoidasini buzdi. Jarimadan tepilgan to'p Muhammadievga tegib, maydonni tark etdi. Burchak zarbasidan mezbonlar unumli foydalana olmadi.

33. O'zgarish. al-Gamdi o'rniga Fahad al-Muvallad maydonga tushdi.

32. Sardor Mirzaev maydon markazidan darvozani ishg'ol qilmoqchi bo'lgandi. Ammo darvozabon o'z o'rnida.

30. "Al Ittihod" etakchisi al-Gamdi jarohat olib, maydonni tark etmoqda.

27. Samirining xavfli zarbasini Ilyosov qaytardi.

26. Timurxo'ja Abduxoliqov raqib jarima maydonchasi ichidagi tartibsizlikdan foydalana olmadi.

16. Hozircha baqirib yuboradigan hech nima bo'lmadi. O'yin zerikarli tarzda o'tmoqda. Muxlis faktori bunda muhim rol o'ynamoqda.

13. Abduxoliqovning qanotdan uzatgan to'pini himoyachi qaytarib qoldi.

11. "Al Ittihod"ning xavfli hujumini Ilyosov qaytarib qoldi.

10. Jokichning boshi bilan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.

5. Uchrashuvdagi total ustunlik vakillarimiz tomonida.

1. Uchrashuv boshlandi!

Reyting: -50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика