So’nggi yangiliklar

"Al Ittihod" bosh murabbiyini lavozimidan ozod etdi Yangiliklar

"Al Ittihod" bosh murabbiyini lavozimidan ozod etdi

Portugaliyalik mutaxassis Nunu Eshpiritu Santu "Al Ittihod" bosh murabbiyligidan ketdi.

Bu haqida Saudiya Arabistoni klubining matbuot xizmati malum qildi. Jiddaliklar yangi bosh murabbiy nomini elon qilgunga qadar jamoani Nununing yordamchisi Hassan Halif uchrashuvlarga tayyorlaydi.

49 yoshli mutaxassis Saudiya jamoasiga 2022 yilning yozida kelgandi va jamoa bilan Saudiya Arabistoni chempioni va Superkubokni qo'lga kiritgandi.

Santuning jamoadan ketishiga asosiy sabab "Al Ittihod"ning OCHLda "Al Quva"ga mag'lub bo'lgani bo'ldi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика