"Al Hilol" Messini dunyoning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylantirmoqchi
30 jan 2023 22:40
Yangiliklar
"Al Hilol" Messini dunyoning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylantirmoqchi
Manbaning xabariga ko'ra, Saudiya klubi argentinalikni dunyodagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchiga aylantirmoqchi. Agar transfer amalga oshsa, Messi yiliga 200 million funt sterlingdan ko'proq maosh oladi.
Messining PSJ bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. Tomonlar uni uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Hujumchi Evropada qolishga qaror qilgan taqdirda ham, saudiyaliklar o'z maqsadidan butkul voz kechishdan ko'ra Leo bilan shartnoma imzolash muddatini kechiktirishni afzal ko'rishadi.
Qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni futbol mutasaddilari ligaga mutlaqo istalgan futbolchini jalb qila olish mumkin deb hisoblashmoqda. SHu jumladan, saudiyaliklar kelasi mavsumlarda “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne va “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohni sotib olishni maqsad qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar