"Al Garafa" - "Paxtakor". O'zaro o'yinlarda ustunlik Qatar klubida
03 fev 12:55
Yangiliklar
"Al Garafa" - "Paxtakor". O'zaro o'yinlarda ustunlik Qatar klubida
Ushbu raqib bilan barcha o'yinlar Osiyo CHempionlar Ligasi doirasida kuzatilgan. 2002 yil 3-saralash raundida Doxada 3:4 hisobida mag'lub bo'lgan "sherlar" Toshkentda raqibni 3:0 hisobida dog'da qoldirishgan. 2008 yil guruh bosqichida esa safarda 2:2 natijasi qayd etilgan. Toshkentda "Paxtakor" yana raqibdan kuchliroq ekanini isbotlagan - 2:0.
2010 yil nimchorak finalda "Garafa" 1:0 hisobida g'alaba qozongan. 2018 yil pley-offda ham o'z uyida raqib 2:1 hisobida zafar quchgan. Hozircha o'zaro to'qnashuvlarda 2 g'alaba, 1 durang hamda 3 mag'lubiyat kuzatilgan. Gollar urish bo'yicha ustunlik "Paxtakor" tomonda, 11-9.
“Paxtakor”ning Qatarning 6 klubiga qarshi jami 19 uchrashuvda maydonga tushgan. “Garafa” bilan eng ko'p duch kelgan – 6 bor. "Sadd" va "Duxayl" bilan to'rt martadan, “Qatar” SK va “Arabi” bilan ikkitadan, "Rayyan" bilan bir uchrashuv o'tkazilgan. Bu o'yinlarda 5 g'alaba, 5 durang va 9 mag'lubiyat kuzatilgan. Raqiblar darvozalari 26 marta ishg'ol qilinib, 30 to'p o'tkazib yuborilgan.
"Al Garafa" va "Paxtakor" jamoalari o'rtasidagi o'yin 4 fevral, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.
Quyida ”Paxtakor” bilan to'qnash kelgan Qatar klublari va natijalar aks etgan.
“Al Garafa” - 3:0, 3:4, 2:2, 2:0, 0:1, 1:2
“Qatar” SK - 1:0, 0:0
“Al Sadd” - 1:1, 1:2, 2:2, 1:2
“Al Arabi” - 3:1, 1:0
“Duxayl” - 1:3, 2:2, 2:3, 0:3
"Rayyan" - 0:1.
|
Al-Gharafa Ferjani Sassi - 39' |
AFC Champions League Elite West . 7-tur 04/02/2025, 21:00 0
:
1
Tugadi
|
Pakhtakor Tashkent |
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar