So’nggi yangiliklar

00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  0 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  2 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  1 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  2 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  1 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   29 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  41 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  3 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  33 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  4

"Al Fateh" - "Nasaf". Raqamlar aldamaydi Yangiliklar

"Al Fateh" - "Nasaf". Raqamlar aldamaydi

Kecha OCHL-2017 saralashi doirasidagi "Al Fateh" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yinni deyarli barcha ko'rdi va natijani hamma juda yaxshi biladi. Afsuski "ajdarlar" Saudiya Arabistonida bitta gol o'tkazib yuborib guruh bosqichidan mahrum bo'lishdi. Biz kechagi o'yinning statistik ko'rsatkchilarini muxlislarimizga taqdim etishga qaror qildik.

Dastlab umumiy statistikaga keyin "Nasaf" futbolchilarining statistikasiga to'xtalib o'tamiz.

"Al Fateh" uchrashuvda to'pni nazorat qilishda ustunlikka ega bo'ldi - 54 foiz. Mezbonlar burchak to'plarini ham ko'proq amalga oshirishganiga guvohi bo'lamiz - 9:6.



Pas berish bo'yicha "Nasaf" raqibidan deyarli 100taga ortda qoldi. Biroq jamoamiz uzun paslarni ko'proq amalga oshirgani etiborga molik - 62:55. Havolatib to'pni oshirishda ham ustunlik "Nasaf" tomonida bo'lgan - 27:24.  

Zarba berishda ham Ro'ziqul Berdiev shogirdlari maydon egalaridan ustun bo'lishdi - 13:11. Aniq zarbalarda esa tenglik kuzatildi - 2:2. "Al Fateh" jarima maydoni tashqarisidan, "Nasaf" esa aksincha jarima maydoni ichidan ko'p zarba berdi. Zarbalar aniqligi ikkala jamoa ham juda past bo'ldi. Foizda 20ga ham etmadi.

Jamoalar o'yin qoidasini ham teng buzishdi - 12tadan. Sariq kartochka olishda "Nasaf" biroz "faolroq" bo'ldi.



Al Fateh                   

Ko'rsatkich

Nasaf

1

Gol

0

54,7 %

To'pni nazorat qilish

45,3 %

13

To'p olib qo'yish

13

1

Offsayd

1

9

Burchak to'pi

6

493

Paslar

394

55

Uzun paslar

62

79,1 %

Paslar aniqligi

72,6 %

69,8 %

Raqib maydonida paslar aniqligi           

61,8 %                

24

Krosslar

27

8,3 %

Krosslar aniqligi

18,5 %

11

Zarba

13

2

Aniq zarba

2

4

Bloklangan zarba

4

9

Jarima maydoni tashqarisidan zarba

4

2

Jarima maydoni ichidan zarba

9

18,2 %

Zarbalar aniqligi

15,4 %

24

To'p uchun kurashlar

22

83,3 %

Kurashdagi g'oliblik foizi

81,8 %

12

Qoida buzish

12

2

Sariq kartochka

3

0

Qizil kartochka

0



Endi "Nasaf" futbolchilarining o'yindagi ko'rsatkichlariga to'xtalamiz. Sanjar Quvvatov o'z darvozasiga yo'llangan ikkita aniq zarbadan bittasini qaytardi, ikkinchisi gol bilan tugadi.

O'yinchilar orasida eng ko'p zarbani Dragan CHeran yo'lladi - 5ta. Biroq legioner futbolchining hech bir zarbasi aniq borgani yo'q. Bahrom Abdurahimov va Odiljon Hamrobekovlar 3 martadan noaniq zarba berishdi. Farrux Sayfiev va zaxiradan maydonga tushgan SHaxboz Erkinov bir martadan raqib darvozasiga aniq zarba yo'llay olishdi xolos.

Xavfli vaziyat yaratish ham "Nasaf"da juda kam bo'ldi. Abdurahimov 2 marta sheriklariga qulay imkoniyat yaratdi. Sayfiev, SHorahmedov, Hamrobekov, Narzullaev va CHeran bir martadan shunday ish qilishdi xolos.



"Ajdarlar" safida eng ko'p to'pga tekkan o'yinchi bu Farrux Sayfiev bo'ldi - 75 marta. Uchrashuvni to'liq o'tkazgan Doniyor Narzullaev 43 martagina to'pga tegindi xolos. Eng ko'p pas oshirgan futbolchi esa Azizjon G'aniev bo'ldi. Yarim himoyachi 53 marta to'p uzatdi. Paslarning aniqligi borasida SHerzod Azamov, Bahrom Abdurahimov va Odiljon Hamrobekov boshqalardan ustun bo'lishdi - 83 foiz. Narzullaevning har ikkinchi pasi noaniq ketganini statistika ko'rsatib turibdi.

Azizjon G'aniev va Akmal SHorahmedov to'p uchun eng kurashga qo'shilgan futbolchilar bo'lishdi. Bahrom Abdurahimovga nisbatan raqiblar eng ko'p qoida buzishgan - 5 marta. "Ajdarlar" safida eng ko'p qo'pollik ishlatgan futbolchi esa Dragan CHeran bo'ldi - 3ta.

"Nasaf" futbolchilarining "Al Fateh" bilan o'yindagi statistik ko'rsatkchilari:

Sanjar Quvvatovning o'yindagi statistikasi: Darvozasi tomon aniq zarbalar 2ta, seyvlar 1ta.

 

1*

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Farrux Sayfiev                

90         

1        

1        

1       

75       

39       

74,4%       

0       

0      

1   

Maqsud Karimov

61

0

0

0

33

21

66,7%

1

0

0

SHerzod Azamov

90

0

0

0

56

48

83,3%

0

0

2

Igor Golban

90

0

0

0

56

43

60,5%

1

0

2

Akmal SHorahmedov

81

0

0

1

60

30

73,3%

5

0

1

Bahrom Abdurahimov

90

3

0

2

61

36

83,3%

1

5

2

Odiljon Hamrobekov

90

3

0

1

66

42

83,3%

2

2

0

Azizjon G'aniev

89

0

0

0

71

53

79,2%

6

0

0

Doniyor Narzullaev

90

0

0

1

43

24

50

2

2

0

Dragan CHeran

90

5

0

1

49

32

71,9%

2

3

3

SHahboz Erkinov

29

1

1

0

12

6

66,7%

2

0

1

Islom Kenjaboev

9

0

0

0

6

4

50%

0

0

0

Bobir Abdixoliqov

1

0

0

0

1

1

0%

0

0

0

 

* - Izoh: 1 – daqiqa, 2 – zarba, 3 – aniq zarba, 4 – vaziyat yaratish, 5 – to'pga tegish, 6 – pas berish, 7 – aniq pas, 8 – to'p uchun kurash, 9 – unga nisbatan qoida buzilgan, 10 – u qoida buzgan.


Bugun "Al Jayish" - "Bunyodkor" uchrashuvining statistik tahlili bilan ham tanishtiramiz.

OFK malumotlari asosida Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика