So’nggi yangiliklar

11:24"Реал" собиқ хавбеки Гаго топ-клуб бош мураббийига айланади  0 10:47Кечаги учрашувда "Ливерпуль"нинг бир йўлла икки нафар асосий таркиб футболчиси жароҳат олди  2 10:10Ортиқча баҳоланган футболчилар рўйхати тузиб чиқилди  7 09:33Салоҳ учун асосий даъвогар жамоа маълум  0 09:00Саудия чемпионати. "Ал Наср" - "Ал Оруба" 3:0, Манеда дубл Роналдуда 1+1  0 08:56Суперлига. Бугун "Пахтакор" "Динамо"ни меҳмон қилади  0 08:13"Реал Мадрид" етакчиларидан бири учун мавсум якунланди  4 07:42Футзал. Бугун финал!  3 02:00Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"га имконият қолдирмади  18 01:42А Серия. "Интер" — "Торино" ўйинида 5та гол урилди  2 01:29БАА чемпионати. "Ал Батаеҳ" меҳмонда йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Ғаниев 62 дақиқа ўйнади  1 00:10Эрон чемпионати. "Истиқлол" меҳмонда ғалаба қозонди, Машариповдан ассист  0 23:27Сергей Лушчан: "Ўйин натижаси осмонларда ҳал бўлиб бўлгандек. Биз намойиш этган ўйиндан 99% кўнглим тўлди"  36 22:57Эрон чемпионати. "Персеполис" 90+5 дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ўрунов баҳсдан олдинги чигалёзди машғулотида жароҳат олди  3 22:55Александр Хомяков: "Ўзбекистонда 15 йилдан буён бекорга ишламаётганимни исботладим"  16

"Lokomotiv" Qatarda "Al Duhail"ga yutqazdi Yangiliklar

"Lokomotiv" Qatarda "Al Duhail"ga yutqazdi

Teglar :  Al DuhailLokomotiv
Osiyo chempionlar ligasi 3-turidan o'rin olgan "Al Duhail" - "Lokomotiv" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi.



OCHL-2018. Guruh bosqichi
3-tur / 6 mart.  Doha.  “Abdulloh bin Halifa” stadioni
“Al Duhail” (Qatar) – “Lokomotiv” (O'zbekiston) 3:2 LIVE
Hakamlar: 
Kristofer Jeyms Bit (Avstraliya), Eshli Uarvik Ichem va Anton SHchetinin (Avstraliya), Timur Fayzullin (Qirg'iziston)
Hakamlar nazoratchisi:  Komalesvaran Sankar (Hindiston)
Komissar:  Tun Tun Aung (Myanma)
Gollar: Yusuf El Arabi 9, - 1:0. Yusuf El Arabi 19, - 2:0. Yusuf Msakni 24, - 3:0. Nivald 58, - 3:1. Marat Bikmaev 59, - 3:2.
"Al Duhail": 40.Amin Lekomt, 22.Murod Naji, 4.Lukas Mendes, 18.Sulton Al Brake, 2.Muhammad Musa, 28.Yusuf Msakni, 10.Nam Te Xi, 8.Luiz Junior, 12.Karim Budiaf (15.B. Alravi, 72), 19.Almuaz Ali (7.Ismoil Muhammad, 69), 9.Yusuf El Arabi
Zaxira: 12.A Hotami, 6.Dame Traore, 14.A. Abdusalom, 17.A. Mustafo, 36.O. Badir
"Lokomotiv": 1.Ignatiy Nesterov, 22.Sanjar SHoahmedov, 33.Oleg Zoteev, 28.SHuhrat Muhammadiev, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 7.Sadriddin Abdullaev (77.Diyorjon Turopov, 57), 27.Sardor Rashidov (19.Husniddin G'ofurov, 80), 15.Sardor Mirzaev (6.Nivaldo, 56), 5.Kaxi Maxaradze, 9.Ikrom Aliboev, 10.Marat Bikmaev
Zaxira: 12.Mamur Ikromov, 4.Bobur Yo'ldoshev, 17.Salim Mustafoev, 88.Igor Yelich

Ogohlantirishlar: Sulton Al Brake 12, Marat Bikmaev 41, Diyorjon Turopov 89.


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90+3. Uchrashuv yakunlandi. Afsuski "Lokomotiv" safarda mag'lub bo'ldi.

90. O'yinga 3 daqiqa qo'shib berildi

89. Ogohlantirish. Diyorjon Turopov

86. El Arabi tomonidan yo'llangan zarbani Nesterov qaytardi! Burchak to'pidan so'ng himoyachilarimiz to'pni qaytarishdi

82. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA! SANJAR SHOAHMEDOOOOOOOOV! Yaqin masofadan noaniq zarba berdi! EHHH!

80. O'zgarish. "Lokomotiv". Sardor Rashidov o'rniga Husniddin G'ofurov tushdi 

74. Uchrashuvdagi barcha gollar saytimizning telegramdagi kanalida berib berilmoqda. VIDEONI KO'RISH

72. O'zgarish. "Al Duhail". Karim Budiaf o'rniga Alravi tushdi

69. O'zgarish. "Al Duhail". Almuaz Ali o'rniga Ismoil Muhammad

66. Rashidov burchak to'pini amalga oshirdi, to'p hech kimga tegmay maydonni tark etdi

64. ZARBA! CHap qanotdan jarima maydoniga uzatilgan to'pni Nivaldo darvozaga yo'llashga urindi, darvozabon o'z o'rnida!

63. Zarba! Msakni tomonidan yo'llangan zarbani Nesterov ushlab oldi!

62. Xavfli vaziyat! Mezbonlar gol urishlariga bir bahya qoldi! Yaxshiyam El Arabi to'pga eta olmadi

60. ZARBAAAAAAAAAAA! Hisob tenglashishi mumkin edi, biroq "Al Duhail" darvozaboni jamoasini qutqardi!

59. Tezkor qarshi hujumdan so'ng Bikmaev uzoq masofadan chiroyli gol urdi!

59. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! BIKMAEEEEEEEEEEEV! 3:2!

58. Aliboevning pasidan so'ng hozirgina maydonga tushgan Nivaldo gol urdi!

58. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 3:1 NIVALDO! 

56. O'zgarish. "Lokomotiv". Sardor Mirzaev o'rniga Nivaldo, Sadriddin Abdullaev o'rniga Diyorjon Turopov tushdi

53. "Lokomotiv" hisobni qisqatirish uchun hujumga o'tishga urinmoqda. Biroq mezbonlar bunga osonlikcha yo'q qo'yib berishmayapti

46. Ikkinchi taym boshlandi


Birinchi taym statistikasi

45. Birinchi taym tugadi. Hozircha 3:0. Tanaffus

41. ZARBA! Ikrom Aliboevning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytardi!

41. Ogohlantirish. "Lokomotiv". Marat Bikmaev

37. Sardor Rashidov jarima to'pi ishlab oldi.

32. Uchrashuvdagi barcha gollar saytimizning telegramdagi kanalida berib berilmoqda. VIDEONI KO'RISH

31. ZARBAAAAAA! Mezbonlar to'rtinchi golni urishga yaqin edilar, zarba to'sin ustidan o'tib ketdi. Bundan tashqari ofsayd ham br ekan

28. "Lokomotiv"da burchak to'pi, Rashidovning pasini darvozabon ushlab oldi

24. GOL! 3:0. "Al Duhail" bugun hujum qilish va gol urishda "Loko"ga dars o'tmoqda. Yusuf Msakni himoyachilardan qochib ketdi va osongina gol urdi - 3:0

19. GOL! 2:0. "Lokomotiv" himoyachilaridan navbatdagi "qovun" va "Al Duhail" yana gol urdi. Almuaz Alining to'p uzatishidan so'ng El Arabi dublga erishdi!  

12. Ogohlantirish. Sulton Al Brake

11. ZARBAAA! Aliboevning pasidan so'ng Rashidov jarima maydoni tashqarisidan chap oyoqda zarba berdi, o'ta noaniq!

9. GOL! "Al Duhail"ning tezkor va chiroyli hujumidan so'ng Yusuf El Arabi Nesterov bilan birga bir vaziyatga chiqib borib osongina hisobni ochdi. Bu vaziyatda "Lokomotiv" markaziy himoyasi juda bo'sh o'ynadi... 1:0.

7. Yana mezbonlarning hujumi...noaniq zarba

4. ZARBAAAA! Karim Budiafning zarbasi xavfli chiqdi!

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Bugun "Lokomotiv" oq, "Al Duhail" qizil rangli formada o'ynaydi

- Ikkala jamoa futbolchilari maydonga tushib kelishdi.

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

Reyting: -254   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика