So’nggi yangiliklar

07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  9 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  6 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  7 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  7 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  2 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4

Akram Bahriddinov: “Neftchi” jamoasi bilan yuqori natijalar qayd etmoqchiman” Yangiliklar

Akram Bahriddinov: “Neftchi” jamoasi bilan yuqori natijalar qayd etmoqchiman”

Farg'onaning “Neftchi” klubi qishki transferlar paytidagi ilk xaridlarini amalga oshirishni boshladi.

O'tgan mavsum “Navbahor” safida xarakatlangan, “Paxtakor” futbol akademiyasi tabriyalanuvchisi, asli namanganlik bo'lgan Akram Bahriddinov “Neftchi”dagi dastlabki taassurotlari hamda rejalari bilan o'rtoqlashdi.

– Jamoaga meni bosh murabbiy Andrey Fyodorov taklif qildi. Farg'onaga kelishimdan asosiy maqsad bu erda futbolchi sifatida o'smoqchiman.  Xususan jamoani ijobiy natijalar qayd etishida o'zimning xissamni qo'shish niyatidaman. “Neftchi” jamoasi safida chiroyli o'yinlarim va muhim gollarim bilan farg'onalik muxlislar mehrini qozonish ham rejalarim tarkibiga kirgan. Jamoa katta murabbiyi Murod Muzaffarovich bilan avval ishlaganmiz. “Neftchi” klubida barchasi menga manzur bo'ldi. Mashg'ulotlar jarayoniga ham murabbiylar tomonidan professional darajada yondoshilgan. Jamoani Andrey Fyodorovdek kuchli murabbiyga ega ekanligini alohida aytib o'tish o'rinlidir. Andrey Vitalevich yaxshi va samimiy inson sifatida menda taassurot qoldirdi. O'zi ham avval professional futbolchi bo'lgani uchun o'yinchilar bilan qanday ishlashni yaxshi biladi. O'z navbatida futbolchiga talabi kuchli murabbiydir. Jamoa safida darvozabon O'tkir Yusupov bilan Qarshining “Nasaf” jamoasida birga o'ynaganmiz. “Neftchi”ga kelishdan avval O'tkir bilan jamoa haqida suhbatda bo'ldik va Yusupov ham meni Farg'onaga chorladi.  SHuningdek Abbos Maxstalievni yoshlikdan bilaman. O'tgan yilgi natijalar albatta “Neftchi”ga yarashmadi. Yangi mavsumda klub ko'rsatkichlarini faqat yuqorida bo'lishi uchun harakat qilamiz, – dedi Akram Bahriddinov.



Akram Bahriddinov
Tug'ilgan sanasi:
02.10.1992
Tug'ilgan joyi: Namangan shahri
Ampluasi: Yarim himoyachi
O'ynagan jamoalari:  “Paxtakor” (yoshlar) “Nasaf” (Qarshi) hamda “Navbahor” (Namangan)

Akram Bahriddinov o'tgan mavsumda Namanganning “Navbahor” jamoasi safida 26 ta bahsda ishtirok etib 2119 daqiqa harakat qilgan. Futbolchi mazkur uchrashuvlar davomida 7 marta raqiblar darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'lgan.

“Neftchi” matbuot xizmati

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика