So’nggi yangiliklar

07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  9 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  7 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  2 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4

Akmal Xolmurodov: "Qo'qon-1912" o'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'ygan jamoa" Yangiliklar

Akmal Xolmurodov: "Qo'qon-1912" o'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'ygan jamoa"

"Qo'qon-1912" tarkibiga Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasidan kelib qo'shilgan Akmal Xolmurodov bilan jamoadagi dastlabki taassurotlari haqida suhbatlashdik.

– Akmaljon jamoamizga xush kelibsiz. Qo'qonga kelishingiz qanday amalga oshdi?
– Meni Qo'qonga jamoa bosh murabbiyi No'mon aka Hasanov taklif qildilar. Biz No'mon aka bilan bir-birimizni yaxshi bilamiz. “Paxtakor” jamoasida birga ishlaganmiz. Bosh murabbiy bu yil jamoa oldiga kuchli oltilikka kirish vazifasi qo'yilganini , kelgusida rejalar yanada yuqori ekanligini aytganlaridan so'ng men taklifni qabul qildim.Albatta har bir futbolchi o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan jamoada to'p surishni istaydi.

– Jamoaning mashg'ulotlarida qatnashmoqdasiz, “Paxtakor”ga qarshi o'yinda maydonga ham tushdingiz. Jamoa haqida dastlabki taassurotlaringiz qanday?
– Qo'qon jamoasida meni juda yaxshi kutib olishdi. Ko'plab futbolchilar bilan eskidan do'stligimiz borligi uchun jamoaga kirishib ketishim qiyin kechmadi. Jamoadagi tashkiliy ishlar esa meni lol qoldirdi. Hammasi alo darajada. Mashg'ulotlar juda qiziqarli va jiddiy tarzda o'tkazilmoqda. Jamoada hamma ahil-inoq, ichki muhit havas qilarli darajada. Men o'ylayman bu yilgi mavsumda Qo'qonlik muxlislar o'zlari kutayotgan jamoani maydonda ko'rishadi. “Paxtakor” jamoasi bilan nazorat o'yinida garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lsak ham o'yinimiz yomon chiqmadi. Hatto biz dastlab hisobda oldinga chiqib olgan edik. Birinchi bo'limni o'zidayoq maydonda bir kishi kam bo'lib qolganimiz yakunda natijaga o'z tasirini o'tkazdi deb o'ylayman.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика