So’nggi yangiliklar

07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  1 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  26 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  84 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  12 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  25 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4

Akmal Xoliqov: "Qizilqum" futbolchilari murabbiylar tomonidan berilgan barcha ko'rsatmalarni alo darajada bajarishdi" Yangiliklar

Akmal Xoliqov: "Qizilqum" futbolchilari murabbiylar tomonidan berilgan barcha ko'rsatmalarni alo darajada bajarishdi"

Coca Cola Superligasining 13-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" – "Qizilqum" qoldirilgan uchrashuvidan (0:3) so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida "Qizilqum" yordamchi murabbiyi Akmal Xoliqov qatnashdi.


- O'yin haqidagi fikrlaringiz qanday?

- Avvalo, "So'g'diyona" klubini OFK kubogida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgani bilan tabriklayman. Ikki jamoa o'yinchilari ham bugun ajoyib o'yin ko'rsatishdi. Bugungi uchrashuv AGMK va "Navbahor" o'rtasidagi o'yindan sira qolishmadi. Ikki jamoa o'yinchilari va stadionga kelgan muxlislarga rahmat aytaman. "Qizilqum" futbolchilari murabbiylar tomonidan berilgan barcha ko'rsatmalarni alo darajada bajarishdi. Bugun haqli g'alabaga erishdik.

- O'yindan avval yirik hisob qayd etilishini kutganmidingiz?

- O'yindan oldin "So'g'diyona" uyda agressiv ko'rsatishini bilardik. Jizzaxliklar OFK Kubogida suniy maydonda o'ynashdi. Balki shu sabab ham ularda charchoq alomatlari sezilgandir. Ammo bunday yirik hisob qayd etilishini kutmagandik. Biz himoyaviy taktikani tanlab, qarshi hujumlardan foydalanishga harakat qildik va yirik g'alabaga erishdik. Navoiydan kelib, jamoamizni qo'llab-quvvatlagan barcha muxlislarga rahmat deb qolamiz. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика